Yana bir Xitoy klubi ustozi istefoga chiqdi
01 dek 2017 10:53
Yangiliklar


Yana bir Xitoy klubi ustozi istefoga chiqdi
Nemis mutaxassisi Feliks Magat Xitoyning "SHandon Lunen" klubi bosh murabbiyligi vazifasini tark etdi.
Uning o'rnini klub sobiq futbolchisi Li Syaopin egallaydi.
"Janob Magat 2016 yilning iyunida bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng jamoaning ruxini ko'tardi va natijalarni yaxshiladi. Janob Magat ishga bo'lgan jiddiy munosabati tufayli klub va muxlislar hurmatiga sazovor bo'ldi. Janob Magatga minnatdorchilik bildiramiz va kelajakda unga omad tilaymiz" - deyiladi klub bayonotida.
"SHandon Lunen" yakunlangan mavsumda Xitoy chempionati turnir jadvalida 6-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar