Yan Oblakdan qoyilmaqom natija
18 iyu 2020 08:32
Yangiliklar


Yan Oblakdan qoyilmaqom natija
“Atletiko M” posboni La Liganing navbatdagi turida “Osasuna”ga qarshi bahsda (5:0) o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Bu sloveniyalik posbon uchun La Liga doirasida 100-quruq o'yin sifatida tarixga kirdi. Oblak bu vazifani musobaqa tarixidagi barcha darvozabonlardan ko'ra tezroq uddaladi. Unga 182 ta o'yin kerak bo'ldi. Avvalgi rekord “Barselona” va “Atletiko” klubi sobiq posboni Migel Reynaga tegishli edi. U 222 ta o'yinda 100 ta quruq bahs o'tkazgandi.
Oblak shuningdek, bu natijaga erishgan 21-darvozabon bo'ldi. Bundan tashqari Primera bu natijani qayd etgan ilk legionerga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar