

Kechagi o'yin bilan hisoblaganda “Atletiko” darvozaboni Yan Oblak “Vanda Metropolitano”da 1007 daqiqadan beri gol o'tkazib yubormayapti. Bu 11 ta o'yin degani. Shu daqiqalar ichida Oblak 21 ta zarbani qaytardi. Har bir o'yinga hisoblab chiqqanda o'rtacha ikkita zarbani qaytargan. Sloveniyalik darvozabon quruq o'yinlar bo'yicha Yevropaning kuchli top-5 ligalarida yetakchi bo'lib turibdi. Uning hisobida 80 ta quruq o'yin va 0 gol.



