Yan Oblak: "Oltin to'p" haqida o'ylamayman. Umid qilamanki, "Atletiko" CHLni qo'lga kiritadi"
08 iyu 2020 11:57
Yangiliklar
Yan Oblak: "Oltin to'p" haqida o'ylamayman. Umid qilamanki, "Atletiko" CHLni qo'lga kiritadi"
"Men hech qachon "Oltin to'p" haqida o'ylamayman. SHug'ullanaman, o'ynayman va o'sishga harakat qilaman. Bu ish esa jurnalistlarniki.
Men shuningdek La Liganing eng yaxshi darvozaboniga beriladigan unvonni ham o'ylab o'tirmayman. Meni bezovta qiladigan yagona narsa - kelasi yil CHempionlar Ligasiga chiqish va mavsumni o'zimiz xohlagan o'rinda tugatish. Men ushbu sovrinni qo'lga kirita olaman, ammo bu haqda o'ylamaganman va o'ylamayman ham.
Mavsum odatdagidek o'tmayapti. Buni hech kim kutmagandi. Bizga yana shug'ullanish imkoniyati berilganidan xursandmiz. Bir oy oldin shubhalar bor edi, hozir esa jamoadagi hamma bilan mashg'ulotlar olib boryapmiz. Futbol oldingidek stadionlardagi muxlislar bilan o'tmaydi, ammo chempionatda kerakli poziciyani egallash va CHLga yo'llanma olish kerak. Umid qilamizki, biz CHempionlar Ligasini yuta olamiz", - deydi Oblak.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar