Yan Oblak: "Finalga chiqqanimizdan baxtliman"
04 may 2016 10:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206917_original.jpg)
![](/upload/storage/206917_220.jpg)
Yan Oblak: "Finalga chiqqanimizdan baxtliman"
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak ECHL yarim finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yindan (1:2) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Qiyin bo'lishini kutgandik. "Atletiko" birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdi, bitta gol urishimiz kerakligini bilardik. Xabi Alonsoning jarimadan yo'llagan zarbasini o'tkazish alam qildi, ammo bu futbol. Tanaffusga qadar hisob 0:1 edi, ikkinchi bo'limda biz gol urdik. Finalga chiqqanimizdan baxtlimiz, bundan faxrlanamiz, - deydi Oblak UEFA rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar