Yaman – O'zbekiston bahsini kimlar sharhlab boradi?
11 iyu 2021 17:08
Yangiliklar
Yaman – O'zbekiston bahsini kimlar sharhlab boradi?
"Sport" telekanalida namoyish etiladigan uchrashuvning o'zbekcha talqinida Murod Rizaev va Zuhriddin Qilichev ishlashsa, ruscha talqinda Otabek Jo'raev ish olib boradi. SHuningdek, o'yinni "Futbol TV" telekanali ham jonli ravishda namoyish qilishi va uni Davron Fayziev bevosita voqea joyidan sharhlashi kutilmoqda.
11 iyun, JCH-2022 saralash bosqichi
"King Fahd International stadium", Ar Riyod, Saudiya Arabistoni,
Yaman - O'zbekiston
Boshlanish vaqti: 23:00.
Bosh hakam: Muhammad Abdulla (BAA)
Yon hakamlar: Muhammad Alhammadi (BAA), Muhammad Hasan (BAA)
Zaxira hakami: Ali Hasan Alsamaheji (Bahrayn)
Eslatib o'tamiz, ushbu bosqichda saralash bahslari Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o'tkazilmoqda.
23:00 da start oladigan bahs saytimiz orqali ham matnli translyaciya qilinadi. Demak, bizdan aslo uzoqlashmang. Olg'a, O'zbekiston!
Fikrlar