So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

Yakuniy tur oldidan. "Dortmund" "Bavariya"ning mag'lubiyatiga umid qilmoqda Yangiliklar

Yakuniy tur oldidan. "Dortmund" "Bavariya"ning mag'lubiyatiga umid qilmoqda

18 may kuni Germaniyada navbatdagi chempion aniqlanadi.

SHu kuni yo "Bavariya" yoki "Borussiya Dortmund" Bundesligada chempionlikni nishonlaydi. Malumki, hozirda jamoalarni ikki ochko ajratib turibdi. "Bavariya" oxirgi turni o'z maydonida "Ayntraxt" klubiga qarshi o'tkazadi. "Dortmund" esa safarda "Borussiya M" mehmoni bo'ladi. Har ikki uchrashuv bir xil paytda - 18:30da boshlanadi. 

"Borussiya D" ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatske so'nggi tur oldidan intervyu berar ekan, shunday dedi: "O'tgan turda biz g'alaba qozondik, "Bavariya" durang qayd etdi. Bu esa chempionlikni oxirgi turga qoldirdi. CHempionlik so'nggi turga qolganidan xursandmiz. To'g'risini aytsam, ko'p ham bosimni his qilayotganimiz yo'q. Oxirgi turda ham maydonga tushib, o'z o'yinimizni ko'rsatgan holda g'olib chiqishga harakat qilamiz. Menimcha, hozir "Bavariya" ko'proq bosimda qolgan. Ularni durang ham qoniqtiradi, ammo yutqazib qo'yishlari mumkin". 

Xans-Yoaxim Vatske shuningdek, "Bavariya" bilan oradagi farqni ham yodga oldi: "Qishda biz juda yaxshi vaziyatda edik. "Bavariya"dan 9 ochkoga ilgarilab ketgandik. Ammo keyinchalik raqib bizni quvib o'tdi. Endilikda hammasi oxirgi turga qoldi. Hammasi 18 may kuni hal bo'ladi". "Borussiya Dortmund" bosh murabbiyi Lyusen Favr ham barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilmoqda: "Biz Myonxengladbaxda g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz. Men bu jamoani oldin boshqarganman va ularni yaxshi bilaman". 

Qizig'i shundaki, "Ayntraxt" ham "Bavariya" ustozi Niko Kovachning sobiq jamoasi hisoblanadi va u ham frankfurtliklarni juda yaxshi biladi. Yana bir qiziq fakt shuki, agar "Bavariya" chempionlikni qo'lga kiritsa, jamoa 2000 yildan beri birinchi marta chempionlikni o'z maydonida nishonlagan bo'ladi. Vaholanki, bungacha "Bavariya" 12 bor Bundesligada zafar quchgan bo'lib, hamma chempionlik safar o'yinlarida qo'lga kiritilgan. 

SHunday ekan, 18 may kuni nima voqealar ro'y berishini kutamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика