So’nggi yangiliklar

23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  0 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  1 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0

Yakshanba - mutolaa kuni. Kutib oling, yangi kitob: Aleksandr Mostovoy, “SHoh” laqabli" Yangiliklar

Yakshanba - mutolaa kuni. Kutib oling, yangi kitob: Aleksandr Mostovoy, “SHoh” laqabli"

Bugundan boshlab haftaning har yakshanba kuni rossiyalik eng mashhur futbolchilardan biri Aleksandr Mostovoyning “SHoh” laqabli" avtobiografik asaridan parchalar berib borishni boshlaymiz.

Aleksandr MOSTOVOY. «SHOH» laqabli 

(Denis Celix bilan hammualliflikda)

Ruschadan Xayrulla Xoliqov tarjimasi

TARJIMONDAN 

Aleksandr Mostovoy kimligini katta stajga ega muxlislar juda yaxshi bilishadi. Taqqoslash uchun bemalol aytish mumkin, bizda o'z vaqtida Mirjalol Qosimov qanday darajadagi futbolchi bo'lgan bo'lsa, Rossiyada Aleksandr Mostovoy ham shu darajadagi o'yinchi edi. 

Uni ko'pchilik 90-yillarning rossiyalik eng iqtidorli futbolchisi deb hisoblaydi. Mostovoy ayniqsa, Ispaniyada o'tkazgan sakkiz yil ichida butun Evropani o'ziga qarata oldi. U aynan Ispaniyadagi faoliyati sabab “SHoh” laqabiga sazovor bo'ldi. Evropaning ko'plab kuchli klublariga qarshi maydonga tushgan Mostovoyning hayoti doim ham bir tekis kechmagan. 

Uning Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Georgiy Yarcev bilan janjalli munosabati futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'yishga olib keldi. Keyinchalik o'zining aytishicha, yanada ko'proq narsaga ega chiqishi mumkin edi, lekin nimaga shunday bo'lmadi? O'ylaymizki, o'quvchi uning tarjimai hol asarini o'qir ekan, mana shu asosiy savolga javob topadi. 

Men oldinroq Mostovoyning ushbu kitobini katta qiziqish bilan o'qib chiqqandim. Kitob murakkab bo'lmagan tilda, futbol sohasidagilar uchun birmuncha tushunarli yozilgan. Avtobiografik asarning yozilishida rossiyalik hamkasbimiz, Championat.com sayti xodimi Denis Celix Mostovoyga yaqindan yordam bergan. Endi jurnalist bu - jurnalist: har holda yozishni biladi. 

Yaqinda kitobni ikkinchi kez o'qishni boshlar ekanman, menda uni o'zbek tiliga o'girish va o'zbek kitobxonlari hamda futbol ixlosmandlari bilan ona tilimizda baham ko'rish istagi tug'ildi. Natijada bor diqqatimni jamlab, Aleksandr Mostovoyning “SHoh” laqabli” avtobiografik kitobini tarjima qilishga kirishdim. 

Rossiyada, umuman Evropada mashhurlarning o'z kitobini chiqarish odat tusiga kirgan. SHu bois ham ko'plab nomdor sportchilar faoliyatlarini tugatgach, tarjimai hol yozishni boshlab yuborishadi. Ular o'z kitoblari orqali muxlislarga yanada ko'proq malumot berish, hayot chizgilarini yana bir bor yodga olish payida bo'lishadi. Bemalol aytishim mumkin, siz bugun mutolaa qilishni boshlaydigan kitob ham futboldagi barchasi haqida ochiq-oydin yozilgan va o'qib zerikmaysiz degan umiddaman. 

O'ylaymanki, men katta ishtiyoq bilan tarjima qilayotgan kitobni saytimiz o'quvchilari ham katta qiziqish bilan kuzatib borishadi. Agar kitobni o'qib, futbol haqida nimadir yangi narsa olsangiz, bundan men ham juda xursand bo'laman. Bugun yakshanba - dam olish kuni. SHunday ekan, kunni mutolaa qilib o'tkazishga nima etsin. Hozircha asarni qismlarga bo'lib borgan holda har yakshanba sevimli saytimiz Championat.asia da berib borishni niyat qildim. Kitobni o'qishni boshlar ekansiz, umid qilamanki, xuddi men kabi Siz ham keyingi yakshanba qachon kelishini sabrsizlik bilan kutadigan bo'lib qolasiz.

Xayrulla Xoliqov.

SO'ZBOSHI. “G'ALVALAR DO'STI” 

90-yillarda tanilgan yulduzlar orasida aytish mumkinki, Aleksandr Mostovoyning hayoti boshqalarga qaraganda g'alvalarga boyligi bilan ajralib turadi. Balki faoliyatining oxirgi yigirma yili ichida rossiyalik eng iqtidorli futbolchi jiddiyroq hech narsa yutmagandir - “Spartak” bilan ikki bor chempion bo'lgani-yu, Portugaliya Kubogida zafar quchganini aytmaganda. 

Mamlakatdan tashqarida u katta klublarda o'ynamadi, vaholanki, bunga mahorati ham, imkoniyati ham etarli bo'lgan. Ajabo: u hayoti davomida oqimga qarshi suzishdan qo'rqmay, o'zining o'rtamiyona klubi “Selta”dan ketishga qaror qilmadi. Hayron qolarlimi? Ha, lekin bu uning faoliyatidagi birinchisi emas. Balki Aleksandr, u o'ynagan klubni “o'rtamiyona” deb aytganim uchun mendan xafa bo'lar. Negaki u “Selta”ni Ispaniyaning etakchilari qatoriga qaytara olgandi. Hatto CHempionlar ligasi darajasiga olib chiqqan. Lekin aminmanki, u bir fikrga to'liq qo'shiladi: mahorati bo'yicha Rossiya futbolining “shohi” Mostovoy bemalol “Real” va “Barselona”dek kuchli jamoalarda ham o'ynab ketgan bo'lardi. 

Albatta, u busiz ham ko'plab yutuqlarga erishdi. Bir necha yil o'zi to'p tepgan jamoalarga sardorlik qildi, evropalik muxlislar mehrini qozondi. Unga hatto futbolchilik paytidayoq haykal qo'yishga harakat qilishdi. Ammo shunga qaramay, hech kim u uchun xayrlashuv uchrashuvini tashkil qilib bermadi. G'alati va achinarli. 

Terma jamoada ham Aleksandrning faoliyati g'alvalarga boy kechgan. Lekin u o'zi o'ynagan o'n to'rt yil ichida rossiyalik barcha futbolchilarni ortda qoldira oldi. Va aynan terma jamoadagi o'yinidan so'ng futbol bilan xayrlashishga majbur bo'ldi. Uning o'yindan keyingi intervyusi jamoatchilik oldida g'alva chiqarish bilan birga o'zining ham chetlatilishiga sabab bo'ldi. Biroq ishoning, Mostovoy g'alvachi degan tarifga umuman mos kelmaydi. 

U hech bir tomonga og'ishmay to'g'ri borishdan qo'rqmadi, chunki uning tabiati shunaqa. Juda tasirchan bo'lishiga qaramay, doim bir narsa deyishdan oldin aytadigan gapini o'ylab ko'radi. Birga o'ynagan jamoadoshlarining aytishicha, u hech qachon yulduzlik kasaliga chalingan emas. Mostovoyning o'yinchilik paytida maydonda turli qiliqlar chiqarganiga kelsak, bu uning doim adolat talab qilganidan dalolatdir. CHunki u hech qachon yutqazishni xohlamagan. Buning nimasi yomon? 

U uchun hozir ham o'zini yuqori olish begona. Biror savol bilan murojaat qilsangiz, bemalol javob qaytaradi. Yana o'zining aytishicha, terma jamoadan ketishiga sababchi bo'lganiga qaramay, Georgiy Yarcevga nisbatan hech qanday xusumati qolmagan va doim qo'l berib ko'rishishga tayyor. Sashaning o'zi o'sha holatni “kulgili” deb yodga oladi. Bu esa menga Vladimir Visockiyning mashhur qo'shig'idagi so'zlarni eslatib yuboradi. Esingizdami? “Kulgili, shunday emasmi, kulgili. Qachon soniya etmaydi? Etmas xalqa. Etmaydi va etmaydi”. Uning faoliyati cho'qqida emas, balki g'alvalar ichida yakuniga etgani baribir futbolda nimanidir tugata olmaganini anglatadi. 

2003-2004 yil futbol mavsumi yakunlariga ko'ra, bir ispan haftanomasi “Selta”dagi uch futbolchiga alohida urg'u berib, shunday baho bergandi: darvozabon Oskar Kavallero - tirgovich, hujumchi Savo Miloshevich - to'purar, jamoa sardori Aleksandr Mostovoy - daho. Qanday portlovchi so'zlar! 

Mostovoy qachondir o'zi ham tan olgan. “Ko'nglim tubidagi eng katta orzuim Yoxan Kruiff davridagi “Barsa”da o'ynash edi. Tasavvur qiling-a, Stoichkov, Romario, Kuman, Mostovoy... Menimcha, Laudrup ikkalamiz maydon markazida juda yaxshi tandem bo'lardik”. Lekin hayotda bunday bo'lmadi. Orzu orzuligicha qolib ketdi. Afsus. Lekin uni bemalol mana shu tarkib ichida ko'rishni tassavur qilsa bo'lardi. Va o'ylaymanki, ular orasida Mostovoy yo'qolib qolmasdi.

Denis Celix, jurnalist, hammuallif.

Birinchi bob
YARCEVNING YOVVOYI SO'ZLARI

... Men bu hali oxiri emasligiga umid qilgandim. “Spartak”dan taklif kutayotgandim, ammo u yoqdan hech kim qo'ng'iroq qilmadi. Natijada faoliyatimni tugatish kerakligini tushunib etdim. 

Telefonimni o'chirib qo'ydim. Ichimda - ruhiy tushkunlik. Ko'ngilga hech narsa sig'maydi. Hatto davom etayotgan Evropa chempionati ham. Men o'sha paytdayoq tushunib etgandim: bu oxiri. Faoliyatimning oxiri... Hech o'ylab o'yimga etolmayman, nahot hammasi oddiy tugayapti. 

Kimdir aytadi: Mostovoy vaqtida butsalarini mixga ildi. Albatta, 35 - futbolchi uchun ajoyib yosh. Jarohat tufayli ko'plar bundan ham vaqtli tugatishadi. Lekin men ko'prog'ini xohlagandim. Doim tanishlarimga toki tizzalarim qaltirab qolmaguncha to'p tepaveraman  deb aytib kelganman. Ular esa bunga javoban kulishgan. 2004 yilning yozida yana bir-ikki yil to'p tepishimga ishonardim. Ammo Ispaniya bilan hal qiluvchi bahs hammasi tugashiga sabab bo'ldi. 

O'sha o'yindan keyin, hali bu uchrashuvga yana qaytamiz, men butunlay shok holatiga tushib qoldim. Hammasidan ham Yarcevning gapi og'ir botdi: “Mostovoy futbolchi emas!” Albatta, bu o'ylab topilgan gap edi. O'n yil futbol o'ynab, “Spartak”dan so'ng, Franciyadagi mavsumlardan keyin, “Selta”da men jamoa sardori bo'lgan paytlardan so'ng o'rtamiyona futbolchi ekanligim haqida eshitish hayratlanarli edi. Agar Maradona bilan solishtirishganida ham boshqa gap edi. Ammo misol tariqasida shunday futbolchilar aytildiki, ular futbolda menga nisbatan ancha kam narsaga erishgan. Lekin ular - futbolchi, Mostovoy esa hech kim. Dahshat!

Ha, menda oddiy bo'lmagan xarakter - sportcha, jangari va murakkab. Men doim nimani o'ylasam shuni gapiraman, hech qachon birovning ortiga bekinmayman. Lekin hayotda tortinchoqman. Bir gal faoliyatimda shunday voqea bo'lgandi. 1997 yil Boris Ignatev boshqaruvidagi Rossiya terma jamoasi saralash o'yinida Kipr bilan o'ynadi. Hisob 1:1 paytida, uchrashuvning oxirgi daqiqalarida men o'ta qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardim. Juda qulay golli vaziyat edi. Darvozadan atigi uch metr uzoqda bosh bilan zarba yo'lladim, biroq to'p notekis erga tegib, o'z yo'nalishini o'zgartirib yubordi. Natijada hamma aybni menga to'nkab, bir yilda Mostovoy degan futbolchi borligini unutib yuborishdi.

Klubda men eng yaxshilardan biri edim, biroq shunda ham terma jamoaga chaqirilmasdim. O'shanda aqlim etmagandi: shunday bo'lishi mumkinmi? Demak, mumkin ekan. Xullas oradan etti yil o'tib meni umuman chetga chiqarib qo'yishdi. Bir oy davomida bechora telefonim qo'ng'iroqlardan tinmadi. Jurnalistlar qaerdan qo'ng'iroq qilmadi deysiz: Ispaniya, Portugaliya, Franciya va Germaniya! Men bo'lsa bir necha kunga telefonimni o'chirib qo'ydim. 

Jurnalistlarning hissiyoti tushunarli edi: Rossiyani o'sha musobaqada asosan ikki futbolchi orqali Eropada bilishgan va hurmat qilishardi - Mostovoy va Alenichev. Keyin-chi nima bo'ldi, nimaga Yarcev bunday yo'l tutdi? Hech kim tushunmasdi - hatto o'zim ham. Nima sababdan mening o'yindan keyin aytgan gaplarim tufayli qandaydir janjal chiqishi kerak? 

O'sha vaziyatni hozirgidek eslayman. Biz haqqoniy yutqazdik. Kiyim almashtirish xonasidan chiqib borar ekanman, elkasida kamera ko'tarib olgan bir qancha jurnalistni ko'rdim. Hamma baland ovozda gapirardi: “Aleksandr, maylimi bir-ikkita savol?” Garchi kayfiyatim juda tushib ketgan bo'lsa-da, to'xtadim. O'yin menga juda yomon tasir qilgandi.

SHu zahoti savollar birin-ketin uchib kela boshladi. Savollar har xil tilda - ispancha, francuzcha, portugalcha. Atrofimni qirqqa yaqin odam o'rab olgandi. Men esa qo'ldan kelgancha javob beryapman. Mendan so'rashdi: 

- Nima uchun jamoa o'yinning oxirlarida yugurmadi? 

Mening javobim:
- Balki fizika etmay qolgandir.
- Nima uchun?
- Mashg'ulot jarayonida nimadir boshqacha bo'lgan bo'lishi mumkin.

Adashmasam, guruhdan chiqish borasidagi imkoniyatlar haqida so'rashdi, imkoniyat chindan ham tushib ketgandi. Qolaversa, bizni oldinda musobaqa mezbonlariga qarshi bahs kutib turardi. O'yinimiz o'xshamayotgan bir paytda bizda hammasi yaxshi, hali zo'r bo'ladi deyishning o'zi ahmoqlik edi. Men nimadir noto'g'ri gap aytdimmi? Bunga shubham bor. Lekin meni hatto xalq dushmaniga chiqarib qo'yishdi. Bu futbolda tabiiy holmi? 

Malumot o'rnida
Mostovoyning o'shanda aytgan gaplarini ko'pchilik, jumladan, uning terma jamoadagi sherigi Rolan Gusev tasdiqladi. U ham Yarcev paytidagi mashg'ulot jarayoniga o'z etirozini bildirgandi. “Ispaniya bilan kechgan bahs menda shunday taassurot qoldirdiki, biz xuddi bitta o'yinni hozirgina tugatib, ikkinchisi boshlab yuborgandek edi”, - degandi Gusev.

Ispaniyadagi uyimga qaytib borganimdan so'ng menda haqiqiy hafsalasizlik boshlandi. Evropa chempionatining qolgan qismini shunchaki lavhalarda ko'rdim. O'zimcha o'yladim: “Bu menga nima uchun kerak?” Avvaliga qalbim chuqur jarohat olgandek edi. Evropa chempionati davom etayotgan bir paytda futbolchini hech qanday sababsiz terma jamoa tarkibidan chiqarib tashlash - axir bu jahon tajribasida misli ko'rilmagan holat. SHunday bo'lishiga qaramay, men yuz bergan voqeani matbuotga gapirib berishni xohlamasdim. To'g'ri, bir-ikki marta intervyu berib, hech kimdan xafa emasligimni aytdim, hayot hamma narsani o'z iziga tushirishini, bunday holat hamma bilan ro'y berishi mumkinligini gapirdim. 

Yarcev bilan esa boshqa umuman gaplashmadim. Bunga zarurat ham yo'q edi. O'z ismimni mashhur qilish ustida qancha yil ishlagan bo'lsam, Yarcev bir ondayoq hammasini toptab tashladi. Aynan nom orttirish uchun mehnat qilganman, shunchaki bekor yurish uchun emas. Vaholanki, bizda ellik foiz futbolchi aynan imij uchun chetga ketishadi. Bitta gol urib olgach, uch oy qahramonlardek yurishadi. Men esa nimagaki erishgan bo'lsam, hammasini mehnat orqali deb bilaman va boshimdan qanday qiyinchiliklar o'tkazganim faqat o'zimga ayon. Qolaversa, kuchli futbolchi bo'lib etishish, Evropada hurmatli degan nomga loyiq bo'lish uchun birinchi navbatda o'zim mehnatim qilganman. Oxirgi o'n-o'n besh yil ichida Rossiyada uzoq va mazmunli faoliyat olib borganlar ko'pchilikni tashkil qilmaydi. Savol tug'iladi: menga Yarcevning achchiq gaplari tegib ketmasligi mumkinmidi? 

Evropa chempionatidan keyin barcha muammolarim bir joyga to'planib qoldi. Menga yaxshi shartnoma taklif qilgan “Selta” bilan o'rtada muammolar yuz berdi. SHuningdek, oila ichida ham muammolar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, Evropa chempionatidan keyingi dastlabki oy ruhiy holatimga juda qattiq tasir qildi. Ammo men bu hali oxiri emasligiga umid qilgandim. “Spartak”dan qo'ng'iroq bo'lishini kutdim, lekin hech kim chaqirmadi. SHundan so'ng faoliyatimni tugatish haqidagi xayollarga tez-tez berila boshladim. Do'stlarim - Kolya Pisarev, Igor SHalimov esa tinmay futboldagi oxirgi so'zni hali aytmaganimni bir necha bor eslatib o'tishardi.

(Davomi bor...)

SHAXSIY VARAQA

Aleksandr Vladimirovich Mostovoy

Tug'ilgan sanasi: 1968 yil, 22 avgust
Ampluasi: yarim himoyachi
Bo'yi - 179 sm.
Vazni - 76 kg.

CSKA futbol maktabi tarbiyalanuvchisi.

Futbolchilik faoliyati: “Krasnaya Presnya” (Moskva), “Spartak” (Moskva), “Benfika” (Portugaliya), “Kan” (Franciya), “Strasbur” (Franciya), “Selta” (Ispaniya), “Alaves” (Ispaniya).

Sobiq ittifoq oliy divizionida 1987 yil, 7 iyun kuni o'z debyutini nishonlagan. Jami 106ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol urgan. Portugaliya chempionatida 9ta uchrashuv o'tkazgan. Franciya chempionatida 76 o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urgan. Ispaniya chempionatidagi ko'rsatkichi: 240 o'yin, 57 gol.

Sobiq ittifoq terma jamoasida 15ta o'yin o'tkazib, 3 gol urgan. Rossiya terma jamoasida esa 50ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol urgan. 

Erishgan yutuqlari:

Sobiq ittifoq chempioni: 1987 y, 1989 y. 

Sobiq ittifoq Kubogi sohibi: 1992 y. 

Portugaliya Kubogi sohibi: 1993 y. 

Intertoto Kubogi sohibi: 2000 y. 

Jahon chempionati ishtirokchisi: 1994 y, 2002 y. 

Evropa chempionati ishtirokchisi: 1996 y, 2004 y. 

Yoshlar o'rtasida Evropa chempioni: 1990 y. 

Sobiq ittifoq chempionatining “Eng yaxshi debyutant” sovrini: 1987 y.

“Rossiya sport qo'mitasining 80 yilligi” medali sohibi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика