So’nggi yangiliklar

14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  2 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  0 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  17 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  13 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  11

Yakshanba - mutolaa kuni. Aleksandr Mostovoy, "SHoh" laqabli" (davomi) Yangiliklar

Yakshanba - mutolaa kuni. Aleksandr Mostovoy, "SHoh" laqabli" (davomi)

O'tgan haftaning yakshanba kuni Rossiya futboli yulduzlaridan biri Aleksandr Mostovoyning "SHoh" laqabli" avtobiografik kitobidan parchalar bergandik. Bugun asarni davom ettiramiz.

Ruschadan Xayrulla Xoliqov tarjimasi

Sportchi faoliyatini tugatgach boshqa dunyoga tushib qoladi deyishadi. Lekin men bilan bunaqa holat bo'lmagan. G'arbda o'ynaydigan futbolchilar erkin kun tartibiga amal qilishadi. Ertalab uyg'onasan, nonushta qilasan, keyin ikki soat mashg'ulot o'tkazsang bo'ldi, shu bilan qarabsanki, tushdan keyin to kechgacha bekorsan. Nima qilsang qilaver, ortiqcha vaqt ko'p. Menda faqat bir narsa o'zgardi: avvallari har kuni o'zimni mashg'ulotga, hafta oxirida o'yinga borishga tayyorlardim. Endi bo'lsa shanba va yakshanba kunlari nima qilishni bilmayman. O'zimni boshqa nimadir bilan chalg'itishga harakat qildim, tennis o'ynay boshladim. Umuman olganda, men sport kishisiman.

Bazi futbolchilar faoliyatni tugatgach, darhol kayfu-safoga berilib ketishadi, chekishni, ichishni, qizlar bilan yurishni boshlab yuborishadi: axir hammamiz dunyoga bir marta kelamiz. Menda esa hammasi boshqacha kechgan. Bazilar futboldan keyin tezda to'lishib qoladi, ortiqcha vazn to'plashadi, lekin men bilan bunday bo'lmadi. Mana, Igor SHalimov ham futboldan keyin ortiqcha yigirma kilogramm vaznli bo'lib oldi. Men hatto futbolchilik paytimda ham bebosh hayot tarziga amal qilmaganman, chunki buni umuman xohlamaganman. 

Sayr qilish, aylanish uchun vaqt etarli edi. 1980-yillarning oxirida mamlakatda qayta qurish boshlandi. Garchi ko'p odamlarga yo'l hali yopiq bo'lsa-da, biz futbolchilar bemalol maza qilib dam olishimiz mumkin edi. Ota-onam oddiy odamlar bo'lib (onam - sartarosh, otam - elektr payvandchi), oylik maoshlari 90-100 rublga borardi. Men esa “Spartak”da o'ynab faqat to'p tepish ortidan uch-to'rt baravar ko'p pul topib qo'yardim. Maza qilib dam olish uchun uchun joy ko'p edi: bar, kafe, restoran. Men u erga do'stlarim bilan borganman, ammo doim “oq qarg'a”ga o'xshab bir chetda o'tirardim. Ancha paytgacha spirtli ichimlik nimaligini bilmaganman. Hatto bugungi kunda o'n besh yoshdan boshlab ichilayotgan pivoni men birinchi marta yigirma to'rt yoshimda tatib ko'rganman. Spirtli ichimliklarni umuman yoqtirmasdim - nuqta.

Menga nimaga kerak? CHekishni esa hayotda sinab ko'rmaganman, garchi bunga etarli sabablar bo'lsa-da. SHalimov o'n sakkiz yoshidan beri bo'rqsitib tutatardi va buni hamma bilardi. Odatda shunday bo'ladi: ichsang, cheksang - o'zingni jasoratli his qilasan. Menda esa aksi bo'lgan, bir kun SHalimovni ushlab olib shunday dedim: “Bunaqa bemaza odatlar kerakmas, yaxshisi uyingga borib dam ol, ertaga mashg'ulot bor”. Yomon odatlar oldiga men darhol devor qo'ydim. Otam yoshligimdayoq miyamga quygandi: chekish yomon narsa. Men esa tortishmaganman, yomonmi, demak yomon. 

Hayotda shunga amal qilib keldim. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, boshqalarga nisbatan ancha yuqori saviyada futbol o'ynaganman. Hozir esa hamma bemalol bo'lib qolganini ko'raman. Bazan o'ylanib qolaman: eh, qaniydi o'n besh yil keyin tug'ilganimda. Sovet davrida ko'p narsa boshqacha edi. Hech kim katta pul topmas, hech kim hech kimni hurmat qilmasdi. Hamma hech kim uchun tushunarsiz bo'lgan kommunizm uchun harakat qilgan. O'zi kim buni o'ylab topgan? SHunday bo'ldiki, futbol maydonlarida sog'ligini yo'qotgan ko'plab futbolchilar faoliyatlarini kambag'allikda tugatishdi.

Endi bo'lsa futbolchilar uchun yanada yaxshi sharoit bor, shu bilan birga ko'ngilochar joylar ham ko'paydi. Lekin hamma gap odamning o'zida, o'z xarakterida. Qolaversa, hozir to'kin hayot uchun pul topish oldingiga qaraganda osonroq bo'p qoldi. Eng qizig'i, buning uchun qandaydir g'ayrioddiy narsani amalga oshirishing shart emas. Rossiyada o'zgacha odat, biz boshqacha odamlarmiz. Bu erda bir daqiqa ichida seni iflosdan knyazga chiqarib qo'yishlari mumkin yoki buning aksi. Bizda ko'p fubolchilar mehnat qilmay qo'ydi, ishonmasangiz ularning o'yiniga qarang.

2007 yil Moskvaning “Lokomotiv” klubi futbolchilarga bitta o'yin uchun qancha mukofot puli berganini eshitganimda bu men uchun kulgili ko'ringandi. Bu madaniyatga to'g'ri kelmaydi. Katta pul olayotgan futbolchilar haqida hech narsa deya olmayman. Hamma gap bu pullarni berayotgan odamlarda. Ular - aybdor. Pul hech qachon oson topilishi kerakmas. Mukofot puli nima? Bu - bonus. SHundog'am futbolchilarning klub bilan tuzgan shartnomasi bor-ku. “Lokomotiv” sobiq hujumchisi Garri O’Konnor aytganidek, topayotgan puli “Ferrari” sotib oladigan darajada bo'lsa, men nima deyishniyam bilmayman. Axir mamlakatimiz aholisining sakson foizi o'rtahol turmush kechiradi.

Qandaydir chegara bo'lishi kerakmasmi? Gap yo'q, agar sen UEFA Kubogida g'olib chiqsang yoki mamlakat chempioni bo'lsang, hech qanday tortishuvga hojat yo'q, lekin taqvimning navbatdagi o'yinini yutib mukofot puli olish g'alati emasmi? Ispaniya Kubogi finalida agar “Saragosa”ni yutsak, klub rahbariyati bizga yigirma ming evro vada qilgandi. Men esa tushunmayman: nima uchun bizda hatto “Ximki”ni yutgan o'yinda ham futbolchilarga katta pul berishadi.

Samaraning “Krilya Sovetov” klubiga “Selta”dagi sobiq jamoadoshim braziliyalik Katanya kelgandi. U bizning “mukofotlash tizimi” bilan tanishib chiqib hayron qolibdi. Rossiya chempionatining ikkinchi yo uchinchi turi oldidan u menga qo'ng'iroq qilib, o'z hayratini yashirmadi:

- Aleks, menga tushuntirib ber-chi, bu erda menga qo'shimcha haq to'lashyapti. Nima uchun?
- Kata, bu - mukofot pullari. Agar yutsanglar shu pulni olasizlar.
- Qanaqasiga? CHempionatdagi har bir g'alaba uchunmi?
- Ha, Kata, bu - Rossiya.
- Agar yutmasak-chi?
- Agar yutmasanglarmi, keyinroq baribir berishadi.

Keyin u uch soat karavotda shipga termilib yotib shuni o'ylaganini gapirib berdi. Hech tushunmayman: qanday qilib Rossiyada bitta o'yin uchun Evropada unga bir yilda to'langan puldan ko'p ishlab topish mumkin? Bizda mana shunaqa futbol mamlakati. Men faqat bir narsani tushunishni xohlayman. Hozir ko'pchilik Rossiya futboli yuksalishda deyapti. Agar shunday bo'lsa, unda nima uchun bizning o'yinchilarga G'arbda talab yo'q? Avvallari Evropaning etakchi chempionatlarida bir vaqtning o'zida o'n besh-yigirma nafar rossiyalik to'p tepardi. Hozir esa ularni barmoq bilan sanasa bo'ladi.

2007 yilning qishida Aleksandr Kerjakov “Sevilya”ga o'tib, qaysidir o'yinda bitta gol urgach, muxlislar unga atab qo'shiq kuylay boshlashdi: “Barakalla o'spirin, seni yaxshi baholashdi, jamoaga tezda kirishib ketding”. O'shandayoq men aytgandim: “Maqtashga shoshilmang, hozir jamoa o'sishda, bunaqa payt kim maydonga tushsa o'ynab ketaveradi. Hali olqishlashga vaqt bor”. Oradan ko'p o'tmay “Sevilya”da omad chizig'i tugab muammolar boshlandi. O'yinchilar birin-ketin jamoani tark etishga tushishdi. Murabbiy o'zgardi. Men Ispaniya chempionatini ichkaridan bilganim uchun odamlarga maqtashga shoshilmaylik degandim.

Ha, men o'zimni to'liq namoyon eta olmaganman. Ammo faoliyatim yomon kechmagan. Bu ham ichimni qizitadi. Afsuski, “Barselona” yoki “Real”da o'ynash nasib etmadi. O'z paytida bu haqda umuman o'ylamagandim. Vaholanki, mening birorta superklubga o'tishim uchun dastlabki qadamlar tashlangandi. Menga katta jamoalarda bemalol o'ynab keta olasan deb ko'pchilik aytgan. Ularning o'yinchilari albatta jahon darajasidagi yulduzlar bo'lib etishadi. Eng yaxshi misol - Devid Bekxem. Odatiy futbolchi. O'zimizning Valeriy Karpindan aslo ustun joyi yo'q. SHunga qaramay, u - jahon yulduzi. Bekxemning mashhurligi shundaki, u o'z imidji ustida hech kim tenglasha olmaydigan darajada ishlagan.

Menga futbol baxtining ozgina qismi etmay qolgan. Lekin nima uchun hozir bundan afsuslanishim kerak? Vaqt ketdi. Qaytarib bo'lmaydigan narsani qaytara olmaysan. Men shundoq ham nimaga erishgan bo'lsam, hammasi uchun roziman.

ENG, ENG, ENG...

Eng muhim gol:
- Birinchi o'ringa 1990 yil CHempionlar Kubogida “Napoli” darvozasiga urgan golimni qo'ygan bo'lardim. O'shanda penaltilar seriyasida to'p kiritganman. Hisob 4:4 edi va italyanlar himoyachisi Baroni mo'ljaldan adashgandi. Men beshinchi bo'lib to'pga zarba berishim kerak edi. Darvozabon to'p yo'nalishini to'g'ri topib sakradi. Ichimda qil uzilgandek bo'ldi: tamom, qaytardi. Voajab, u to'pga eta olmadi - Gol! SHu tariqa biz Maradona jamoasi ustidan zafar quchganmiz. Umuman aytganda, muhim gollar qaysidir musobaqaning final o'yinlarida uriladi yoki bo'lmasa jamoangga chempionlikni olib bergan mahal urasan. Bu tomondan menga qiyin: chunki men o'ynagan klublar etakchilar qatorida bo'lmagan. “Saragosa”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalini yodga olaylik. Men 5-daqiqadayoq to'rtta futbolchini aldab gol urgandim, lekin yakunda yutqazganmiz. SHunday ekan, o'sha golni muhim deya olamanmi? Agar Kubokni yutganimizda boshqa gap edi.  

Eng chiroyli gol:
- Xayolimga darhol “Spartak” tarkibida kiritgan ikkita golim keladi. Bittasi 1991 yil CSKA darvozasiga. Men to'pni jarima zarbasidan keyin darvozaning shundoq “to'qqizligi”ga joylab qo'ygandim. Bu gol o'yinda yagonaligicha qolgan. Va albatta, 1990 yil “Olimpiyskiy” manejida ketma-ket olti futbolchini aldab Xarkovning “Metallist” klubi darvozasiga kiritgan golimni ham unutmayman.

Eng g'alati gol:
- Bunaqa golni 1987 yil, “Spartak”dagi ilk mavsumimda “Jalgiris” darvozasiga urganman. Darvozabon Almontas Kalinauskas to'pni maydonga qarab tepib yubormoqchi bo'ldi, men esa to'pdan o'zimni himoya qilaman deb orqa o'girilmoqchi bo'ldim. Endi o'girilaman deganimda to'p qornimga tegib yana darvoza tomon qaytib gol bo'ldi. Vaholanki, umuman to'pga o'ynamoqchi emasdim. Juda g'alati gol bo'lgandi.

Eng odatiy gol:
- Jarima maydonchasi tashqarisida to'pni qabul qilib olaman va bir-ikki o'yinchini aldab o'tar-o'tmas darvoza tomon zarba beraman. Bu o'rinda darvozabonning qaerda turgani ham muhim men uchun. Bu xuddi bilyard o'yiniga o'xshab ketadi, mo'ljaldan adashmasang bo'lgani.

Eng sevimli jamoadosh:
- “Spartak”da Igor SHalimov. “Selta”da Valeriy Karpin. Har ikkala klubdan ko'plab yaxshi futbolchilarni misol keltirishim mumkin. O'yin paytida men ularni ko'zim yopiq holda tushunardim: Makelele, Mazino, Revivo.

Eng noqulay himoyachi:
- “Real”dan Yerro. Men “Selta”daligimda biz madridliklar bilan ko'pincha omadli o'ynaganmiz. Lekin aynan Yerroga qarshi ko'p qiynalganman. Keskin to'qnashuvlar natijasida Yerro ikkalamiz oramizda do'stona munosabatlar saqlanib qolgan.

Eng og'riqli jarohat:
- Tizzam ko'zidagi emirilish. Bu jarohatni Franciya terma jamoasiga qarshi o'yindan oldin mashg'ulot paytida olgandim. “Sen-Deni” stadionida kechgan bahsni eslang, Rossiya 3:2 hisobida g'alaba qozongan. Ertasi kun baribir maydonga tushganman, biroq yigirma daqiqacha yugurib og'riq zo'ridan majburan almashtirilganman. Maydonni cho'loqlanib zo'rg'a tark etgandim.

Eng ko'ngilsiz jarohat:
- Bunaqasi ikkita. Birinchisida 1992 yilgi Evropa chempionatiga bora olmaganman. Turnir boshlanishiga oz qolgan paytda oyog'imning bosh barmog'iga yara chiqdi. Yaraga loy tegib yiringlash boshlandi. Muolajadan so'ng terma jamoa boshlig'i Anatoliy Bishovec musobaqaga bormaysan degandi. O'shanda juda afsuslanganman. Ikkinchisi esa Yugoslaviyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida bo'lgan va men 2002 yilgi jahon chempionati bahslarini o'tkazib yuborganman. O'ylaymanki, har ikkalasida ham taqdirga menga nisbatan adolatsizlik qilgan.

Eng yaxshi darvozabon:
- Gol urish qiyin bo'lgan darvozabonlar yo'q deb o'ylayman. Ispaniya ligasida men gol urmagan jamoa bo'lmasa kerak. Agar to'pni to'g'ri tepsang, hech qaysi darvozabon qaytara olmaydi. To'g'ri, bazan shunaqasi ham bo'lib turadi: tepasan, tepasan, lekin to'p doim darvozabon qo'liga borib tushaveradi. Bu o'rinda ikkita variant bor: yo darvozabon joyni to'g'ri olyapti yoki sen tepishni bilmaysan. Menga ishoning, darvoza shunchalik kattaki, zarb bilan mo'ljalga aniq tepilgan to'p albatta gol bo'ladi.

Eng esda qolgan o'yin:
- “Spartak” tarkibida birinchi bor bor Minskning “Dinamo” klubiga qarshi maydonga tushganimni aslo unutmayman. O'shanda juda hayajonda edim, lekin o'zimni yomon his qilmaganman. Aynan shu o'yindan keyin “Spartak” libosida muntazam o'ynay boshladim. SHuningdek, Yugoslaviya bilan kechgan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati final uchrashuvi ham men uchun alohida ahamiyatga ega. CHunki biz bu jamoani yutib chempion bo'lganmiz.

Birinchi bo'lim tugadi. Davomi bor...

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика