Yahyo Gulmuhammadi: "Ertaga taktikamizni o'zgartiramiz"
04 apr 2016 14:01
Yangiliklar
Yahyo Gulmuhammadi: "Ertaga taktikamizni o'zgartiramiz"
OCHL 4-turidan o'rin olgan “Zob Ahan” - “Bunyodkor” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi qatnashdi.
Yahyo Gulmuhammadiga futbolchi Mehdi Mehdipur hamrohlik qildi.
- Ertaga bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Toshkentdagi o'yinda hisob ochilmagandi. O'ylashimcha, endi boshqacha o'yin bo'ladi. Raqiblarni hurmat qilamiz. "Bunyodkor" kuchli jamoa. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Afsuski bazi futbolchilarimiz jarohat olishgan. Aynan kim jarohat olganini ayta olmayman. Ular maydonga tushmagani uchun taktikamizni o'zgartirishga majburmiz. G'alaba qozonib muxlislarimizni shod qilmoqchimiz, - deydi Yahyo Gulmuhammadi.
- Toshkentda “Bunyodkor” yaxshi futbol namoyish etdi. Raqib safida ajoyib futbolchilar bor. Safarda durang o'ynay oldik. O'z muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishga urinamiz, - deydi Mehdi Mehdipur.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar