So’nggi yangiliklar

16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  0 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  0 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  2 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  9 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  4 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5

Yahyo Gulmuhammadi: "Bunyodkor" hurmatga loyiq jamoa" Yangiliklar

Yahyo Gulmuhammadi: "Bunyodkor" hurmatga loyiq jamoa"

Teglar :  Yahyo Gulmuhammadi
"Bunyodkor" - "Zob Ahan" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar qatnashishdi.

"Eng avvalo "Bunyodkor" klubiga ajoyib mehmondorchilik uchun rahmat aytmoqchiman. Ertangi bahs guruhdagi eng qiyin o'yinlardan biri bo'ladi. Ertaga biz jismonan juda kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. G'alaba qozonish uchun yuqori darajadagi konsentraciya bilan o'ynash talab etiladi. Himoyada minimal darajada xato qilishimiz kerak. Hujumda esa to'pni ko'proq nazorat qilishimiz va gol urish imkoniyatlaridan ko'proq foydalanishimiz kerak bo'ladi. Umuman olganda texnik va taktik jihatdan yaxshi o'yin bo'ladi deb o'ylayman. "Bunyodkor" hurmatga loyiq jamoa, raqibga 3 ochko juda ham kerak. SHu bois ertaga ular eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishadi deb o'ylayman, - deydi "Zob Ahan" bosh murabbiyi. 

"Bunyodkor" juda kuchli jamoa. Ularning himoyasi juda yaxshi. Bizning jamoa esa yosh, ertaga eng yaxshi o'ynimizni ko'rsatib g'alaba uchun harakat qilamiz - deydi Xodi Muhammadi. 

- Eron klublari himoyada juda yaxshi o'ynashadi. Ertaga balki jamoa boshqacharoq uslubda o'ynar? Yoki o'sha kurashga asoslangan bahs ko'ramizmi?

-  Futbolda ikkita narsa muhim. Birinchisi tartibli himoyalanish. Ikkinchisi imkon bo'lganda gol urish. Ertaga qarshi hujumdan unumli foydalanib g'alaba qozonishga urinamiz. 

- "Bunyodkor" safida qaysi o'yinchini alohida ajratib ko'rsata olasiz? Qaysi futbolchiga ko'proq etibor qaratasizlar?

- "Qaldirg'ochlar" tarkibida hujumda o'ynaydigan 3 nafar futbolchini alohida ko'rsatgan bo'lardim. Ularga gol urish imkoniyatini bermaslik eng asosiy vazifamiz.

- Jamoa 4 ochko oldi, lekin 1tagina gol urdi. Bu sizni tashvishga solmayaptimi?

- Yo'q. Tashvishga solmayapti. Futbolda g'alaba uchun bitta gol ham etarli. Ko'rib turibsizki 1ta gol bilan 4 ochko jamg'arish mumkin ekan. 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика