So’nggi yangiliklar

06:10Миллатлар лигаси. Швейцария - Испания, Испанлар 10 киши бўлиб 9 та зарба беришди ва 4 та гўл уришди  0 06:00Миллатлар лигаси. Португалия - Шотландия, Роналду захирадан тушиб баҳс тақдирини ҳал қилди  0 01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  2 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  1 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   1 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  14

X.Xoliqovdan tarjima. "Unga raqib darvozasini ishg'ol etish uchun to'rtta imkoniyat bering va u hammasidan foydalanadi" Yangiliklar

X.Xoliqovdan tarjima. "Unga raqib darvozasini ishg'ol etish uchun to'rtta imkoniyat bering va u hammasidan foydalanadi"

Teglar :  Van Nistelroy
Gollandiya futboli har doim o'z tarbiyalanuvchilari bilan dunyoni lol qoldirib kelgan. Bu mamlakatda futbol akademiyalari nihoyatda yaxshi ishlaydi.

SHuning uchun golland futbolchilariga Evropaning etakchi jamoalari xaridorgir bo'lishadi. Har yil Gollandiyadan o'nlab yoshlar katta summa evaziga super klublar tarkibiga yo'l oladi. Va ularning ko'pchiligi kelajakda yulduz bo'lib etishadi. Bugun mana shunday yulduzlardan biri Ruud van Nistelroy haqida hikoya qilamiz. 

(Ushbu maqola ikki qismdan iborat bo'lib, quyida birinchi qismini etiboringizga havola etamiz) 

GIGGZDAN IQTIBOS
Ruud van Nistelroy haqidagi eng yaxshi tariflardan birini unga MYUdagi jamoadoshi Rayan Giggz bergan. Giggz shunday degandi: "Unga raqib darvozasini ishg'ol etish uchun to'rtta imkoniyat bering va u hammasidan foydalanadi". Albatta, bu gap shunchaki quruq shishirilgan shar emas. Nistelroy chindan ham o'z davrining eng mohir hujumchilaridan biri bo'lgan. Ayniqsa, raqib jarima maydonchasi ichida uni to'xtatib qolish nihoyatda mushkul edi. SHu bois ham unga "Gol-odam" laqabini berishgan.

Van Nistelroy faoliyati davomida bir nechta yutuqlarni qo'lga kiritgan bo'lishiga qaramay, aslo havolanib ketmadi. Golland hujumchisi professional futbolda 400dan ortiq to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Uning etuk faoliyati avvalo "Manchester Yunayted"da to'p tepgan kezlari yuzaga keldi. Aynan MYU safida o'ynab futbolchi butun dunyoga tanildi.

Van Nistelroy MYU tarkibida har 10ta turda ketma-ket gol urgan. Keyinchalik bu rekordni faqat bir futbolchi yangilay oldi: Jeymi Vardi. Taqdir hazilini qarangki, Vardi 11-turdagi golini aynan Nistelroy o'ynab ketgan MYUga urishga muvaffaq bo'ladi. Van Nistelroy nima qildi dersiz? U Vardini ushbu ajoyib ko'rsatkich bilan tabriklab qo'ydi.

FAOLIYATNING BOSHLANISHI
Ruud van Nistelroy 1976 yilning 1 iyun kuni Gollandiyaning Oss shahrida dunyoga kelgan. Agar u futbol bilan qiziqmaganida dunyo Nistelroy degan odam borligini bilmasdi. Ularning oilasi fermerlik bilan shug'ullanardi. Lekin yosh Ruud otasi kabi fermer bo'lishni istamadi. Uni faqat to'p qiziqtirardi, shu bois narsalarini yig'ishtirdi-yu, to'g'ri eng yaqin sport maktabiga yo'l oldi.

Van Nistelroyning ilk jamoasi "Noyt Gedaxt" va undan keyin "RKSV Margriet" bo'lgan. Albatta bu klublar umuman mashhur emasdi, shunga qaramay Ruud to'p tepib futboldan zavq olardi. U 17 yoshga to'lgach ilk professional shartnomasini imzolaydi. Bo'lajak to'purar "Den Bosx" tarkibiga kelib qo'shiladi. To'rt yilni ushbu jamoa tarkibida o'tkazgan gollandiyalik keyinchalik biroz nomdor "Xerenven" safiga yo'l oladi. Birinchi mavsumidayoq Ruud yangi jamoada 13ta gol urishga muvaffaq bo'ladi. O'shanda u 21 yoshda edi.


"PSV EYNDXOVEN"
Oradan bir yil o'tib 1998 yil 22 yoshli hujumchining "PSV Eyndxoven"ga transferi amalga oshadi. Albatta, bu ulkan orzular sari yangi qadam edi. Ruud yangi jamoasiga tezda kirishib mavsum davomida 34 o'yinda maydonga tushadi va 31ta gol urishga muvaffaq bo'ladi. Natijada mavsum yakunlariga ko'ra aynan uni "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topishadi. Keyingi mavsum esa van Nistelroy "atigi" 29ta gol uradi, chunki jarohati sabab 23ta o'yinda maydonga tushgandi.

Ruudning sermahsulligi sabab Evropa "nahanglari" - "Arsenal", "CHelsi", "Real" va "Milan" darhol unga og'iz sola boshlaydi. Katta klublar PSV yangi Romario yoki Ronaldoni kashf etdi deb o'ylashgandi. Lekin ser Aleks Fergyuson bu borada hammadan abjir chiqib qoladi. U shaxsan Nistelroy bilan uchrashib, MYUga o'tishga ko'ndiradi va o'zining jamoasida yorqin onlarni boshidan kechirishiga ishontira oladi.

Aslini olganda, MYU skautlari uni hujumchi "Xerenven"da to'p tepib yurgan kezlari kuzata boshlashgandi. Qolaversa, "qizil iblislar" bosh murabbiyi ancha paytdan beri aynan unga o'xshagan golurar hujumchini qidirib yurgandi. O'sha paytlari "Manchester Yunayted"ga gol urish darajasi nihoyatda yuqori hujumchi zarur edi. CHunki van Nistelroyning eng ustun tomoni to'g'ri joy tanlash bo'lib, deyarli har zarbani golga aylantira olardi.

2000 yilning mart oyida Ruud tizzasidan og'ir jarohat oladi. Bu esa uning Angliyaga borishi so'roq ostida qolganini bildirardi. Axir jarohat olgan futbolchining kimga keragi bor? Lekin bu ham Aleks Fergyusonni o'z maqsadidan qaytara olmaydi. Mashhur murabbiyning shaxsan o'zi klubga aloqaga chiqib Nistelroyni AQSHga jo'natadi va muvaffaqiyatli operaciya qilinishi uchun yaqindan yordam beradi. Futbolchi to'liq tiklanishi uchun naqd bir yil kerak bo'ladi. Ruud davolanib maydonga qaytgach, PSV tarkibida o'ynashda davom etadi va bir yil tanaffusdan keyingi ilk o'yinidayoq "Roda" darvozasiga ikkita gol uradi. 2001 yilning 23 aprelida tarixiy voqea sodir bo'lgandi. MYU Ruud van Nistelroy uchun PSV hisob-raqamiga o'sha payt uchun rekord summa 19 million funt o'tkazib beradi. SHunday qilib gollandiyalik hujumchi tumanli Albionga yo'l oladi. Ruud "Eyndxoven" safida uch yil o'ynab, 67 uchrashuvda 62ta gol urgan.


"MANCHESTER YUNAYTED"
Angliyaga ko'chib o'tgan Ruud uchun yangi hayot boshlangandi. U APLdagi ilk mavsumida 32 o'yinda ishtirok etib, 23ta gol urishga erishadi. Mavsumni juda yaxshi boshlagan Ruud qatorasiga 8 turda raqiblar darvozasini ishg'ol etadi va shu orqali Liga rekordini o'rnatadi. Evropa chempionlar ligasida esa 10 bor to'p kiritib, eng yaxshi to'purarga aylanadi.

Keyingi ikki mavsum van Nistelroy uchun yanada omadli kechdi. U bir vaqtning o'zida ham chempionat, ham Kubok o'yinlarida eng yaxshi to'purar maqomini qo'lga kiritadi. Lekin to'rtinchi mavsumga kelib uning Manchesterdagi hayoti o'zgara boshlaydi. Yana jarohat sabab ko'p o'yinlarda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi. SHunga qaramay, ser Aleks Fergyuson unga ishonishda davom etar va hech qaerga qo'yib yuborishni o'ylamasdi. Yangi mavsumda muxlislar yana avvalgi van Nistelroyni ko'ra boshlaydilar. Birinchi davrada 15ta gol urgan hujumchi to'purarlar poygasida yana birinchi o'ringa ko'tarilib oladi.

O'sha yili MYU oson bo'lmagan davrni boshdan kechirgan. CHempionlikka deyarli imkoniyat qolmagandi, chunki bu yoqda boshqa bir "dahshatli" jamoa "CHelsi" paydo bo'lgandi. "CHelsi" xuddi mashinaga o'xshab doim olg'a qadam bosar, umuman to'xtay demasdi. Bundan g'azabi chiqqan MYU futbolchilari nima qilishni bilmasdi. Birinchi bo'lib bu vaziyatda Roy Kin "yoriladi" va jamoasi "Midlsbro"dan mag'lubiyatga uchragach hammani tanqid qiladi. The Sun nashri shaxsan Fergyusonning buyurtmasiga ko'ra Roy Kindan intervyu oladi va jamoa sardorining gaplarini bo'rttirib gazetada chop etadi. Haqiqiy mashmasha ana shundan so'ng boshlanadi. Fergyuson shu zahoti Roy Kindan qutilish choralarini ko'ra boshlaydi. Nistelroy esa Kinni himoya qilib chiqadi. Ammo shotlandiyalik murabbiy birovning gapiga quloq solarmidi.


Gollandiyalik hujumchining eng yaqin do'stlaridan biri Vim van Xanegem bo'lib o'tgan voqeani shunday eslagandi: "Roy Kinning jamoadan ketishi Ruudga juda qattiq tasir qilgan. SHu bois ham u irlandiyalik futbolchini himoya qilib chiqqan. Ruud Fergyuson bilan birinchi marta tanishganida murabbiy uning ko'ziga juda muloyim kishidek ko'ringandi. Qolaversa, ser Aleks Ruudning jarohatini davolab safga qaytishini naqd bir yil kutgan. Ammo MYUga borgach Ruud haqiqiy Fergyusonni ko'rdi. U o'z o'yinchilariga nihoyatda beshafqat murabbiy bilan tanishdi. Stam, Bekxem, Roy Kin kabi yulduzlar bilan sodir bo'lgan voqea fikrimga asos bo'la oladi".

Bu voqea 2005 yilning noyabr oyida ro'y bergan. Oradan ko'p o'tmay MYUni Liga kubogi finalida "Uigan"ga qarshi bahs kutib turardi. O'yin final bo'lishiga qaramay, Fergyusonning qaysarligi sabab Lui Saa asosiy tarkibdan joy oladi. "Qizil iblislar" ortiqcha qiyinchiliksiz hisobni ochishadi. Hatto jamoa 4:0 hisobida oldinga chiqib oladi. Jamoaning finalga etib kelishiga o'z hissasini qo'shgan Nistelroy bu payt zaxirada o'tirardi. Zaxiradan birinchi bo'lib Kiran Richardson maydonga tushadi. Undan keyin Patris Evra bilan Nemanya Vidich. Bu bilan Fergyuson murabbiyga gap uqtirish qanaqa bo'lishini Ruudga ko'rsatib qo'ygandi. Uchinchi o'zgarish amalga oshgach, kameralar nigohi van Nistelroyga qaratiladi: u ilojsiz bir joyda o'tirardi. O'yindan so'ng "sariq matbuot" nomi bilan dong'i ketgan The Sun yana katta sahnaga chiqadi. Endi bu nashr murabbiy va gollandiyalik hujumchi o'rtasida muammolar yuzaga kelgani haqida bo'rttirib maqola chop eta boshlaydi.

Aynan finaldagi o'yindan keyin Nistelroy maydonga tushmagani uchun tushkun kayfiyatga tushib qoladi. U asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib bo'lgandi. SHundan so'ng matbuot uning jamoadan ketishi mumkinligi haqida yoza boshlaydi. Eng qizig'i van Nistelroy mashg'ulotlarda Krishtianu Ronaldu bilan tortishib qolibdi degan xabardan keyin boshlanadi. Balki bu ham Fergyusonning "buyurtmasi" bo'lishi mumkin. Zaxirada qolgan hujumchi shunga qaramay keyingi o'yinlarda 6ta gol urishga muvaffaq bo'ladi, ammo eng yaxshi to'purar bo'lish uchun kurashda Terri Anriga yutqazib qo'yadi. "CHarlton" bilan kechgan bahsda esa Ruud umuman uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaydi. SHundan so'ng gazetalar van Nistelroy Ronaldu bilan kelisha olmayapti deb yana bong urishadi.


Aleks Fergyuson intervyusidan: "Mashg'ulotlar paytidagi jarayon meni chuqur o'ylantirib qo'ydi. Men yigitlarni bir erga jamlab ulardan ajoyib jamoa shakllantirmoqchi edim. Lekin buning uchun Ruuddan voz kechishim shart edi. Murabbiylik sohasida bazan og'ir qarorlar qabul qilishga to'g'ri keladi. Men qanday ish tutmay, hammasini MYU uchun qilaman".

Fergyusonning o'sha bayonoti juda shov-shuv ko'targandi. Van Nistelroy ketishi kerakligini anglab etgan, bundan boshqa yo'l ham yo'q edi. Odamlar o'z vaqtida Pol Ins, Yapp Stam, Devid Bekxem, Roy Kin qanday g'alva bilan jamoadan ketganini eslar, hamma Ruudni ham shu yo'l kutayotganini taxmin qilardi. Oradan ko'p o'tmay Fergyuson biroz yumshoq bayonot bilan chiqish qiladi: "Van Nistelroy yangi qaror qabul qila olmagani uchun klubni tark etdi. Men har doim asosiy tarkibni tuzayotganda ikki-uch futbolchini ro'yxatdan tashqarida qoldiraman. Bu o'yinchilar afsona bo'ladimi, yulduzmi yoki oddiy futbolchimi men uchun farqi yo'q. Har bir futbolchi murabbiy qarori birlamchi ekanini anglab etishi shart".

Gollandiyalik hujumchi oxiri bir qarorga kelib MYUdan ketishga majbur bo'ladi. Uni "Real Madrid" kutayotgandi. SHunday bo'ladiki, Ruudni hatto Roy Kinning xayrlashuv uchrashuviga taklif etishmaydi. "Men shu o'yinda qatnashishni juda xohlagandim, Royga bo'lgan hurmatimni ko'rsatmoqchi edim, ammo bunga ruxsat berishmadi", deb eslagandi Ruud van Nistelroy. MYUdagi faoliyati mobaynida golland hujumchisi APLning 150ta o'yinida maydonga tushib, 95ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va "Gol uruvchi mashina" laqabi bilan Manchesterni tark etdi. Endi uni umuman boshqa futbol va boshqa chempionat kutayotgandi.

Davomini kuting...

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика