So’nggi yangiliklar

10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  3 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  17 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  3 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  5 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  19 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3

XXI asrda top-klublarning ECHL guruh bosqichidagi muvaffaqiyatsizliklari. Eng shov-shuvlisi qaysi? Yangiliklar

XXI asrda top-klublarning ECHL guruh bosqichidagi muvaffaqiyatsizliklari. Eng shov-shuvlisi qaysi?

CHempionlar Ligasi guruh bosqichi shu hafta yakuniga etadi.

XXI asrda turnirning ushbu bosqichida qaysi top-klublar sharmandali natija qayt etib, chiqib ketganini yodga olamiz.

1-O'RIN
“Manchester Yunayted”, 2005/2006 yilgi mavsum

Guruhdagi raqiblar: “Vilyarreal”, “Benfika”, “Lill”

Guruhdagi o'rni: oxirgi o'rin (olti ochko)

MYU 2008 yilda Moskvada ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritgani hammaning yodida bo'lsa kerak, biroq ko'pchilik Fergyuson shogirdlarining 2 yil avvalgi juda yomon ishtirokini eslay olmasa kerak. Fergi shogirdlari ushbu musobaqaning guruh bosqichida so'nggi o'rnini egallagandi. O'shanda “qizil iblislar”ga na Giggs, na Ronaldu, na Runi yordam bera olgandi. Manchester jamoasi guruh bosqichida “Benfika”ga qarshi uchrashuvda uch ochko, "Vilyarreal"ga qarshi o'yinlarda 2 ochko va “Lans”ga qarshi o'yinlardan esa atigi bir ochko olgandi. MYU ushbu guruhda olti ochko to'plagan holda so'nggi o'rinni egallagandi. Eng yomoni, shunday hujumchilar bilan Fergi shogirdlari atigi to'rttagina gol urishni uddalashgandi.

2-O'RIN

“Bavariya”, 2002/2003 yilgi mavsum

Guruhdagi raqiblar: “Milan”, “Deportivo”, “Lans”

Guruhdagi o'rni: oxirgi (ikki ochko)

Bir mavsum avval “Bavariya” chorak finalda musobaqa bilan xayrlashgan bo'lsa, undan avvalgi mavsumda jamoa chempionlikni qo'lga kiritgandi. Biroq 2002/03 yilgi mavsumda nemis grandi uchun dahshatli tush edi. Ular oltita turning hech birida g'alaba qozona olishmadi. Ular ikki marta “Milan”ga (1:2, 1:2), ikki marta “Deportivo”ga (2:3, 1:2) mag'lub bo'lishgan va yana har ikki marta “Lans” bilan (1:1, 3:3) durang o'ynashgan. Aynan ushbu mavsumdan so'ng nemislar “Deportivo” hujumchisi Roy Makay bilan shartnoma imzolashgan. Aynan niderlandiyalik hujumchining o'zi “Bavariya” ushbu guruh bosqichida to'rtta gol urishga erishgandi.

3-O'RIN

“Yuventus”, 2022/2023 yilgi mavsum

Guruhdagi raqiblar: “Benfika”, PSJ, “Makkabi”

Guruhdagi o'rin: uchinchi (uch ochko)

“Yuventus”ning guruhida PSJ va “Benfika” kabi kuchli jamoalar bor edi. Allegri shogirdlari ushbu turnirda juda yomon ishtirok etishgandi. Ularning guruhdagi yagona g'alabasi “Makkabi”ga qarshi kechgan uchrashuvda qayd etilgandi. Qolgan barcha uchrashuvda turinliklar mag'lubiyat alamini tortishgan. Klub ikki bor PSJ (1:2, 1:2) va “Benfika”ga (1:2, 3:4) yutqazgan. Hatto “Makkabi” bilan mehmondagi o'yin ham omadsiz kechdi – 0:2. Ular qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha Isroil jamoasidan oldinda bo'lib, oxirgi o'rinni egallamadi.

4-O'RIN

“Inter”, 2003/2004 yilgi mavsum

Guruhdagi raqiblar: “Arsenal”, “Lokomotiv”, “Dinamo Kiev”

Guruhdagi o'rni: uchinchi (sakkiz ochko)

“Lokomotiv” qura tashlash marosimida to'rtinchi savatchaga ega bo'lishiga qaramay, turnirning keyingi bosqichiga yo'l olgandi. “Inter” ushbu guruhda atigi uchinchi o'rin bilan kifoyalandi. Aytgancha, Italiya jamoasi har ikki uchrashuvda ham Yuriy Syomin shogirdlarini mag'lub eta olmagan (0:3, 1:1). Qizig'i, milanliklar guruh bosqichini ikkita g'alaba bilan boshlashgandi. Dastlab “Arsenal” 3:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, keyin “Dinamo” 2:1 hisobida taslim etilgan. Keyin esa barchasi ortga qarab keta boshladi. “Lokomotiv” bilan bo'lgan ikkita uchrashuvda “Inter” atigi 1 ochko qo'lga kiritdi. Keyin esa Venger shogirdlaridan 5 ta gol qabul qilib olishdi. “Inter” keyingi bosqichga chiqishi uchun Kievda g'alaba qozonishi shart edi. Hattoki milanliklar uchrashuvning 85-daqiqasiga qadar g'alaba qozonayotgandi, biroq uchrashuv so'ngida o'tkazib yuborilgan gol “Inter”ni guruhda qolib ketishiga sabab bo'lgan.

5-O'RIN

“Manchester Yunayted”, 2015/2016 yilgi mavsum

Guruhdagi raqiblar: “Volfsburg”, PSV, CSKA

Guruhdagi o'rni: uchinchi (sakkiz ochko)

Ha, yana o'sha buyuk klublardan biri MYU bu ro'yxatdan joy olmoqda. Manchesterliklar muxlislarga navbatdagi “sovg'a”ni bundan 8 yil avval taqdim etishgandi. Guruh bosqichiga qura tashlanganida “Manchester Yunayted” qiyinchiliksiz guruhdan birinchi bo'lib chiqishi haqida gap-so'zlar tarqalgandi. Biroq futbol gapda o'ynalmasligini o'sha yili “Volfsburg” va PSV ko'rsatib qo'yishgandi. MYU ham o'sha mavsum “Inter” singari yaxshi start olgandi. Ularning hisobida to'rtta turdan so'ng etti ochko bor edi, biroq so'nggi ikkita uchrashuvda atigi bir ochko ishlagan manchesterliklar ECHL keyingi bosqichidan quruq qolishgandi.

6-O'RIN

“Atletiko”, 2022/2023 yilgi mavsum

Guruhdagi raqiblar: “Portu”, “Bryugge”, “Bayer 04”

Guruhdagi o'rni: oxirgi (besh ochko)

Eng so'nggi muvaffaqiyatsizliklardan biri o'tgan mavsumga to'g'ri keladi. “Atletiko” uchun hammasi yaxshi boshlandi. Birinchi turda Diego Simeone yigitlari “Portu”ni mag'lub etishdi. SHundan so'ng madridliklar gol urishni unutib qo'yishdi. “Bayer” (0:2) va “Bryugge”ga (0:2) mag'lub bo'ldi, keyin o'z maydonida Belgiya klubi bilan nursiz durang. Keyingi ikkita turda yana bir ochko to'plagan madridliklar guruhning so'nggi o'rnidan mustahkam joy olishdi.

7 - O'RIN

“Liverpul”, 2002/2003 yilgi mavsum

Guruhdagi raqiblar: “Valensiya”, “Bazel”, “Spartak”

Guruhdagi o'rni: uchinchi (sakkiz ochko)

Afsonaviy kambekdan ikki yil avval “Liverpul” ham ECHL guruhida qolib ketgandi. O'sha yili “Spartak” dahshatli o'yin ko'rsatib, barchani shokka tushirib qo'ygandi. “Spartak” bilan bir guruhdan joy olgan inglizlar Moskva jamoasiga 0:5 va 1:3 hisobida mag'lub bo'lishgandi. SHundan so'ng "Liverpul" ikki marta “Valensiya”ni mag'lub etib, ikki marta Belgiya klubi bilan durang o'ynagandi.

Sizningcha, yana qaysi jamoalarni ushbu ro'yxatga qo'shish mumkin?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика