So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  2 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

XX asrda debyut qilgan qariyalar Yangiliklar

XX asrda debyut qilgan qariyalar

Hozirgi kunda ko'plab iqtidorli, mashhur futbolchilar bor. Biroq bugungi suhbatimiz orqali XX asrda debyut qilgan futbolchilar haqida malumot beramiz.

Nomzodlarni tanlash shartlari: futbolchi XX asr etakchi chempionati ishtirokchisi sifatida o'ynagan bo'lishi va bugungi kunda oliy liga jamoa o'yinchisi bo'lishi zarur.

RFPL va yagona vakil
Sergey Ignashevich (Rossiya, 38 yosh)
Debyut
: 1999 yilda 15 iyul “Krilya Sovetov” tarkibida
Hozir: CSKAda.
SHu shart bo'yicha hozirgi kunda Rossiyada faqat birgina futbolchi faoliyat yuritmoqda. Ha, gap kim haqida ekanligini tushungandirsiz. Ignashevich yoz o'rtalarida Premer-Ligada 18 yilligini nishonladi. Aniqrog'i, Sergey RFPL tashkil topgunga qadar, yani 2001 yildan faoliyatini boshlagan. U chempionatning faxriylaridan biri hisoblanadi.



A Seriyasi va yoshlik eleksiri
Fabio Kvalyarella (Italiya, 34 yosh)
Debyut:
2000 yilda 14 may “Torino” tarkibida.
Hozir: “Sampdoriya”da.

Italiya termasida 25ta o'yin o'tkazib, A Seriyada 17 yoshida debyut qilgan. Lekin, keyinchalik u ijaraga berila boshladi va faqatgina 2000 yillardan keyin “yuqori” darajaga erishdi. Kvalyarella ko'pgina klublarda o'ynagan.  SHu qatori “Yuventus”da ham. Unda 3 marotaba Skudetto yutdi. Hozirgi kunda, Fabio 34 yosh bo'lishiga qaramay, “Sampdoriya”ni etarli darajada himoya qilmoqda. Ehtimol, top-chempionatda XX asr futbolchilaridan faqatgina Kvalyarellaning o'zi qolar.

Dario Daynelli (Italiya, 38 yosh)
Debyut:
2000 yil 1 oktyabr “Lechche” tarkibida.
Hozir: “Kevo”da.

Muxlislar ko'plab mashhur futbolchilar orasida ham A Seriyasidagi Darioni juda yaxshi tanishadi. U jamoani o'zgartira oladi, chempionatni emas. SHunday bo'lsa-da, u 17 yildan beri Italyan futbolining yuqori cho'qqisini egallab kelmoqda. “Yaqin do'stlar mehmonxonasi”ning boshlig'i Daynelli “Lechche” tarkibida debyut qilgan, xattoki, Evropa Kuboklarida ham qatnashgan bo'lsa-da, hammaning yodida “Fiorentina” o'yinchisi sifatida qolgan.

Paolo Kannavaro (Italiya, 36 yosh)
Debyut:
2000 yil 14 may “Parma” tarkibida.
Hozir: “Sassuolo”da.

Albatta, u akasi Fabio kabi mashhur jahon chempioni va “Oltin to'p” sohibi bo'lmasa-da, Paolo afsus chekishi uchun hech qanday sabab yo'q. CHunki uning ajoyib faoliyati va “Napoli”da ko'plab o'yinlari bor. Neapol klubi uchun B Seriyada o'zining professional faoliyatidagi birinchi uchrashuvini o'tkazdi, “Parma” esa debyutini o'tkazishga yordam berdi.

Kristian Madjo (Italiya, 35 yosh)
Debyut:
2000 yil 1 oktyabr “Vichenca” tarkibida.
Hozir: “Napoli”da.

Paolo Kannavaro bilan uzoq vaqt davomida yonma-yon “San-Paolo” jamoasida faoliyat yuritgan bo'lsa-da, hozirgi kunda “Napoli” tarkibida o'ynaydi. Lekin u hamon safda ekan, gvardiyaliklarning buyuk kompaniyalaridan birida faoliyat yuritish imkoniyatini qo'lga kirita olishiga shubha yo'q.

Alessandro Gamberini (Italiya, 36 yosh)
Debyut:
2000 yil 9 yanvar “Boloniya” tarkibida.
Hozir: “Kevo”da.

“Kevo” da XX asrda A Seriyasining faqat ikkita o'yinchisi Daynelli va Gamberini ko'pincha maydonga tushadi, ularning ortida esa 38 yoshli darvozabon Stefano Sorrentino turadi. Haqiqatdan ham, Alessandroning yoshi o'yinga chiqishiga mos bo'lsa-da, shu paytga qadar oliy guruhda o'ynamagan.


Xose Reyna (Ispaniya, 35 yosh)
Debyut:
2000 yil 2 dekabr “Barcelona” tarkibida.
Hozir: “Napoli”da.

Italyanlar o'rtasida birgina ispaniyalik bo'lsa-da, u jahon va Evropa chempioni bo'lgan. Xose Reyna darvozabon bo'lgani uchun ham, 40 yoshiga qadar o'ynashi mumkin. Uning hazilga moyilligi esa ham o'yinda, ham hayotda juda qo'l keladi.

Ferdinando Koppola (Italiya, 39 yosh)
Debyut:
1998 yil 16 may “Napoli” tarkibida
Hozir: “Verona”da.

Italiya - qadimgi futbolchilar tug'ilgan joyi ekaniga ishonch hosil qildik, ammo Montekki va Kapuletti shahridagi faxriylar “Kevo”da, u bo'lmasa, “Verona”da, o'zini biroz qulay his etadi. Bir necha yil avval, Luka Toni 38 yoshida A Seriyasining eng yaxshi snayperi deb tan olingan edi. Koppolaga kelsak, u faoliyatini ancha yil boshlagan va bu ham oxiriga etish arafasida turibdi. Ferdinando jamoaning birinchi raqamli futbolchisi emasligini ham takidlab o'tish zarur.

Albano Biccari (Argentina, 39 yosh)
Debyut:
1999 yil 25 sentyabr “Real” tarkibida.
Hozir: “Udineze”da.

Argentinalik darvozabon Biccarining faoliyati rasman davom etayotgan bo'lsa-da, u ham Kappola kabi yuqori darajadagi so'nggi o'yinini o'tkazib bo'ldi. Biccari XX asr oxirida bir vaqtning o'zida ikki ispan klubida o'yin olib borishga ulgurdi. Biri “Real Madrid”, ikkinchisi esa “Real Valyadolid” jamoasidir.

Janluiji Buffon (Italiya, 39 yosh)
Debyut
: 1995 yil 19 noyabr “Parma” tarkibida.
Hozir: “Yuventus”da.

Mana bizning buyuk va sevimli o'yinchimiz Buffon! Jiji XX asr katta futbolida shunchaki debyut qilgani yo'q, aksincha, bu darvozabon faoliyatining sezilarli darajada boshlanishi bo'ldi. Deyarli 150ta o'yinda, shu jumladan, UEFA Kubogi, Italiya Kubogi va Super Kuboklarida zafar quchishida uning xizmati yuqori. U buning barchasiga XX asrning o'zida erishgan. O'zingizni uning o'rnida tasavvur qila olasizmi?



La Liga va navbatchi italyan
Daniele Bonera (Italiya, 36 yosh)
Debyut:
2000 yil 1 oktyabr “Breshiya” tarkibida.
Hozir: “Vilyarreal”da.

“Milan” safida CHempionlar ligasida g'olib bo'lgan himoyachi “qarigan chog'ida” Ispaniya futbolida ishtirok etish uchun Italiyani tark etgan. Lekin Daniele top-chempionatida ekan, yashash joyi ham o'zgarsa-da, uni va yutuqlarini yo'qqa chiqarishga haqqimiz yo'q.

APL va yarim himoyachilar
Maykl Kerrik (Angliya, 36 yosh)
Debyut:
1999 yil 28 avgust “Vest Xem” tarkibida.
Hozir: “Manchester Yunayted”.

Kerrik ilk bor APLning “Vest Xem” tarkibida ishtirok etgan. U bir necha oy o'tib, afsonaviy g'alabaga erishdi. “Manchester Yunayted” tarkibida CHempionlar ligasi finalining ikkinchi taymida tovon puli bo'yicha “Bavariya” ustidan g'alaba qozondi. Keyingi Moskva finalidagi Evropa toji “qizil shaytonlar”ni mahv etishga bo'lgan “CHelsi”ga qarshi uchrashuvda Maykl sezilarli darajada o'ynadi. Hozirda Kerrik MYU tarkibiga kirmayapti. Lekin unga tinimsiz ravishda so'rovlar kelib turadi. Mavsumning uzoq davom etishi ehtimol, Mourinoga yordam berar. Ammo, o'zining ham Giggz kabi hali o'yinlarda ishtirok etish niyati yo'q emas, nazarimizda.

Garet Berri (Angliya, 36 yosh)
Debyut
: 1998 yil 2 may “Aston Villa” tarkibida.
Hozir: “Vest Bromchiv”da.

Garet Berri - XXI asr boshlarining eng yaxshi ingliz futbolchilaridan biri. “Aston Villa”, “Manchester Siti” va “Everton” jamoalarida o'ynagan. Hozirgi kunda tarjibaga ega bo'lib, “Vest Bromvich”da faoliyatini davom ettirmoqda. Kerrik va Berridan biri XX asrning ingliz premer ligasida so'nggi o'yinchi bo'ladi. Agar, Jon Terri 45 yoshga to'lguniga qadar, elitaga qaytsa, u ham bunday imkoniyatga ega bo'ladi. CHunki Jey Ti hozir Premer-ligada faoliyat yuritayotgani yo'q.



Bundesliga va Roman
Roman Vaydenfeller (Germaniya, 37 yosh)
Debyut
: 2000 yil 4 noyabr “Kayzerslauterna” tarkibida.
Hozir: “Borussiya” (Dortmund)da.

Roman 15 yildan beri Yurgen Klopp boshchiligida ham qayg'uli, ham quvochli daqiqalarda, “Borussiya” sharafini himoya qilib kelmoqda. SHu bilan birga, Vaydenfeller Bundesligadagi “Kayzerslautern” tarkibida debyut qildi. O'sha yili Mixael Ballak jamoasidan ajraldi va o'zining chempionatdagi ajoyib xotiralari bilan bo'lishdi.

Liga 1 va Ben amaki
Benjamin Nive (Franciya, 40 yosh)
Debyut:
1997 yil 5 sentyabr “Oser” tarkibida.
Hozir: “Trua”da.

Yarim himoyachi Benjamin Nivening butun faoliyati birinchi va ikkinchi divizon o'rtasida o'tgan. O'tgan mavsumda u Liga 2 “Trua” tarkibida o'ynadi. Natijada Neymar, Falkao va Mbappe bilan uchrashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. 40 yildan beri Nive o'z maydonida muntazam ravishda maydonga tushadi va jamoada muhim o'rinni egallaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика