Xvicha Kvaracxeliyaning agentining gaplari futbolchining transferini barbod qilishi mumkin
17 iyu 2024 09:06
Yangiliklar
Xvicha Kvaracxeliyaning agentining gaplari futbolchining transferini barbod qilishi mumkin
«Odamlar Xvichani yangi mavsumda ham «Napoli»da qolishiga umid qilmasliklarini so'ragan bo'lardim. Biz ketishni istaymiz. Barchasi Evrodan so'ng hal bo'ladi. Hozircha uni chalg'itish niyatida emasmiz. Uning yangi jamoasi ECHLda o'ynaydigan klub bo'ladi», — deb fikr bildirgan Xvicha Kvaracxeliyaning agenti.
Bu gaplarga o'z navbatida «Napoli» matbuot xizmati tomonidan tezda rasmiy bayonot berildi.
«Xvicha Kvaracxeliyaning agenti va otasiga shuni eslatib qo'ymoqchimizki, uning «Napoli» bilan tuzgan yana uch yillik shartnomasi bor. Biz uni joriy yilgi transfer bozoriga qo'ymaganmiz, uni sotish niyatida ham emasmiz. Hech bir agent yoki ota bizning futbolchilarimizning kelajagini hal qilmaydi. Xvicha Kvaracxeliyaning «Napoli» bilan tuzgan shartnomasi bor! Gap tomom», — deyilgan bayonotda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar