Xushxabar! Azizjon G'aniev yashil maydonga qaytdi

Narzulla Saydullayev
15 sen 2021, 13:53
O'zbekiston terma jamoasi va "Shabab Al Ahli" klubi yarim himoyachisi Azizjon G'aniev fevral oyida jiddiy jarohat olgandi.

Hamyurtimiz "Al Vahda" bilan bahsda jarohat olgan va operaciya stoliga yotishga majbur bo'lgandi. May oyi boshida G'aniev tiklanish mashg'ulotlarini boshlagandi.

Kuni kecha Azizjon jarohatidan butkul qutulib "Shabab Al Ahli" safida nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. "Al Taid" klubiga qarshi kechgan bahsda o'zbekistonlik futbolchi to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi va quvonarlisi gollardan biriga assistentlik qildi.

Uchrashuvda "Shabab" 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia