“Xush kelibsan chempion”. Iguain Mayamiga etib bordi
11 sen 2020 23:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591574_original.jpg)
![](/upload/storage/591574_220.jpg)
“Xush kelibsan chempion”. Iguain Mayamiga etib bordi
“CHempion va jahon darajasidagi hujumchi Gonsalo Iguainga xush kelibsan deymiz”, deya Tvitterdagi sahifasida post qoldirdi futbolchini aeroportda kutib olgan klub boshqaruv kengashi azosi Xorxe Mas.
Ilgariroq Iguain “Yuventus” bilan kelishuvni bekor qilib, erkin agent sifatida AQSH klubi safiga kelib qo'shilishi xabar qilingandi.
32 yoshli hujumchi “Yuventus” safida 149 ta uchrashuvda maydonga tushib, 66 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Keksa senora” safida u uch karra Italiya chempioni va ikki bor mamlakat kubogida g'olib chiqdi.
Futbolchining yangi klubi bilan shartnomasi 2021 yilgi mavsum so'ngiga qadar tuzildi. Transfermarket nashri uning narxini 15 million evroga baholagan. Hujumchiga shuningdek, “Nyukasl” va “Fulxem” klublari ham qiziqish bildirishgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar