So’nggi yangiliklar

09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  1 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  8 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  2 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  0 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  7 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  1 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  45 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1

Xurshid Xodjaev: “Tur ramziy terma jamoasidan o'rin olish har doim yoqimli” Yangiliklar

Xurshid Xodjaev: “Tur ramziy terma jamoasidan o'rin olish har doim yoqimli”

Superliganing 1-tur yakunlariga ko'ra, “Buxoro” darvozaboni Xurshid Xodjaev eng yaxshilar qatoridan o'rin oldi.

Buxoroliklarning safarda AGMK bilan durang qayd etishida tabiiyki tajribali posbonning ham xizmati beqiyos deyish mumkin. SHuni inobatga olib, Xodjaev bilan suhbatlashdik.

- AGMK – “Buxoro” o'yinidan avval ko'pchilik mezbonlarni g'alaba qozonishini taxmin qilgandi. Aytingchi safarda sobiq jamoangizga qarshi kechgan uchrashuvda nimani hisobiga ochko bilan qaytdinglar?
- Ha, chindan ham ko'pchilik AGMK ni favorit sifatida etirof etgandi. Lekin Yaratganga shukur safardan ochko bilan qaytishni uddaladik. Albatta bunga eng avvalo, murabbiylar shtabining o'yinga tanlagan to'g'ri taktikasi, futbolchilarning butun o'yin davomida yuqori ishtiyoq bilan xarakat qilgani samarasini berdi deyish mumkin. Bilasizmi “Buxoro”da ahil bir jamoa shakllantirilgan. Aynan ushbu omil ham nasib qilsa bu yil ijobiy natija qayd etishimizda qo'l keladi. SHu kuni mezbonlar ham o'z uyida, boz ustiga ilk uchrashuvda muxlislarini g'alaba bilan xursand qilish uchun astoydil xarakat qildi. Lekin AGMK ga xurmat saqlagan xolda shuni aytishim mumkinki, Olmaliqdan g'alaba bilan qaytishimiz ham hech gap emasdi.

- So'nggi yillarni jaroxat tufayli maydon tashqarisida o'tkazdingiz. Hozirgi kunga kelib, o'zingizni qanday his etyapsiz. Sport formangizni to'liq tiklab oldingizmi yoki yana vaqt kerak bo'ladimi?
- O'tgan yilni oxiridan buyon jaroxatim bezovta qilmay kelmoqda. O'zingizga yaxshi malumki, 2018 yilgi mavsumning so'nggi o'yinlarida to'liq ishtirok etishga ham ulgurdim. Hozirda o'zimni juda yaxshi xis etyapman va jaroxat bog'liq hech qanday muammo yo'q. Mashg'ulotlarda avvalgidek to'liq kuch bilan ishlab, sportni formamni tiklab borishga va ishonchli o'yinlar ko'rsatish orqali, rahbariyat va muxlislarning mexrini qozonishga xarakat qilaman.

- Bu yil jamoangizni o'zgartirdingiz. Bu - AGMK murabbiylarining qarorimi yoki u erdan o'z ixtiyoringizga ko'ra ketishga qaror qildingizmi?

- Har ikki tomonning istagi tufayli amalga oshdi deyish mumkin. Bilasiz jamoada yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Albatta har bir murabbiyning o'ziga yarasha dunyo qarashi va o'zi ishongan futbolchisi bo'ladi. AGMK murabbiylar darvozabonlar bo'yicha boshqa nomzodlarni maqul ko'rayotganini bildirgach, hech qanday xafagarchiliksiz jamoa bilan do'stona ravishda xayrlashishga qaror qildim. Bu paytga kelib oldimda boshqa variantlar ham turgandi. AGMKdan ketganimdan afsusda emasman. Futbolda bu kabi xolatlar uchrab turadi. U erda ikki yil o'ynadim. AGMKda o'tkazgan faoliyatimdan nolimayman. Aksincha klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Negaki jaroxat olib, safdan chiqqan paytimda ular meni o'z xolimga tashlab qo'ygani yo'q. Har tomonlama qo'llab-quvvatladi va tezroq jamoaga foyda keltirishimni istashayotganini bildirib, ruhan dalda berib bordi. SHuning uchun ham ulardan minnatdorman.



- Tur ramziy terma jamoasidan o'rin olishingizni kutganmidingiz?

- Ochig'ini aytganda bu men uchun kutilmagan bo'ldi. Tur ramziy terma jamoasidan o'rin olish xar doim yoqimli. Championat.asia sayti ijodkorlarining ushbu etirofidan xursand bo'ldim. Bunday natija qayd etishimizda butun jamoaning xissasi katta bo'ldi. Ayniqsa mudofaa chiziq vakillari shu kuni tartibli o'yin namoyish etdi.

- AGMK bilan safarda kechgan bahsda o'z darvozangiz dahlsizligini saqlab qoldingiz. SHundan kelib chiqib, namoyish etgan o'yiningizga o'zingizni ham qoniqish xosil qildingiz deyish mumkinmi?

- Menimcha har qanday futbolchi o'z o'yinidan xech qachon to'liq qoniqish xosil qilmasa kerak. O'z oldiga maqsad qo'ygan inson xarakatdan to'xtamasligi kerak deb bilaman.

- "Buxoro" tarkibi bu yil deyarli yangitdan tuzildi. Jamoa haqida fikringiz qanday?

- Har qanday jamoada ichki muhit va jamoaviy o'yinni yaxshi bo'lishi eng avvalo bosh murabbiyning mahoratiga bog'liq bo'ladi. Xabaringiz bor, yil boshida “Buxoro” jamoasini Baxtiyor Ashurmatov qabul qilib oldi. Ushbu mutaxassis bilan ilgari bir qator jamoalarda ishlaganmiz. Tajribasiga shubha yo'q. O'tgan mavsum AGMK bilan O'zbekiston Kubogini yutdik. Nasib qilsa bu yil Buxoroda ham kurashchan jamoa shakllantira oldi. Yigitlar bir-birlari bilan yaxshi munosabat o'rnatgan. Mahalliy ishqibozlar ham futbolni juda qaydrlaydi va jamoa taqdiriga befarq emas. Nasib qilsa ularning ishonchini oqlaymiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика