So’nggi yangiliklar

11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  0 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  7 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  1 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  5 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  3 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  13 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  11 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  18 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  28 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  20 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  249 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  10

Xurshid To'ychiboev: "Turon" loyihasi o'zbek futbolida burilish yasay oladi" Yangiliklar

Xurshid To'ychiboev: "Turon" loyihasi o'zbek futbolida burilish yasay oladi"

So'ngi yillarda milliy chempionatlarimizda ayollar futboliga bo'lgan etibor yanada ortmoqda.

Xususan, Yaypanning "Turon" klubi ham joriy mavsumdan ayollar jamoasini tashkil etdi. U-16 ayollar chempionatida ishtirok etgan jamoa musobaqaning yakuniy final bosqichiga qadar etib bordi. SHu va boshqa mavzularda saytimiz muxbiri "Turon" W (U-16) jamoasi yordamchi murabbiyi Xurshid To'ychiboev bilan intervyu tashkil etdi.

- "Turon" klubiga kelishingiz qanday yuz berdi? SHuningdek klubning ayollar jamoasini shakllanish jarayoni haqida aytib bersangiz...

- "Turon" klubida sport direktori Sobir Xamidovning taklifiga ko'ra ish boshladim. Jamoani birdaniga tashkil etish oson bo'lmaydi albatta. Bu borada avvalgi tajribalar qo'l keldi. Balki bu jarayon ko'zga ko'rinmaydigan jihatlardandir. Lekin shuni ayta olaman-ki, so'ngi yillarda yurtimizda ayollar futboli ham anchayin o'sdi.


- Murabbiylik sohasida vodiy klublarida ishlab kelgansiz. Sizningcha, O'zbekistonda ayollar futbolchi qay daraja rivojlanmoqda?

- Aytib o'tganimdek, ayollar futbolida o'sish sezilarli darajada ko'zga tashlanmoqda. Buni jamoalarimiz xalqaro musobaqalarda ham munosib qatnashayotgani ko'rsatib turibdi.

Bundan tashqari, joriy mavsumdan yurtimizda U-16 hamda U-14 qizlar chempionatlari tashkil etilganligini mazkur sohaga bo'lgan etiborning yanada kuchayganligidan dalolat beradi.


- "Turon" klubida bir yildan buyon ishlab kelayapsiz. Bu jamoa haqida fikringiz qanday, yani nimalarni ayta olasiz?

- Tashkil topganiga endigina 4 yil to'lgan xususiy klubning Superligada ishtirok etishi bu - juda yaxshi natija. Aniq ayta olaman, "Turon" loyihasi o'zbek futbolida tub burilish yasay oladi.


- Joriy mavsumda "Turon"ning asosiy tarkib jamoasida 3 murabbiy ishladi. Islombek Ismoilov, Igor SHkvirin va Bahrom Xakimov. Sizningcha, ushbu murabbiylar orasidan qaysi birining davrida jamoa eng kuchli o'yin namoyish etdi?

- Yosh murabbiy Islombek Ismoilovning Superligadagi ilk faoliyati chakki emas. Igor SHkvirin va Bahrom Xakimovlarni top murabbiylar deb hisoblayman. Savolingizga aniqroq javob beradigan bo'lsam, natija talab qilingan joyda statistik jihatdan qaysi murabbiy eng yuqori natija ko'rsatgan bo'lsa, shu murabbiyni eng yaxshi deb ko'rsatgan bo'lardim.


- Ayollar futbolida qaysi murabbiyni eng yaxshi deb aytgan bo'lardingiz? 

- SHaxsiy xulosalarimga ko'ra ayollar futbolida Bahrom Norsafarov va Ilhom Xanjaralievlarni eng kuchli deb aytgan bo'lardim.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика