So’nggi yangiliklar

01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  1 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  9 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  7 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  1 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  47 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2 19:33​Санчодан уятли кўрсаткич  0

Xurshid Muxtorov: “Navbahor” bo'lajak mavsumda yuksak maqsadlarga erisha oladi” Yangiliklar

Xurshid Muxtorov: “Navbahor” bo'lajak mavsumda yuksak maqsadlarga erisha oladi”

Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan Namanganning “Navbahor” klubi o'z tarkibiga bir qator mahoratli futbolchilarni qo'shib oldi.

Ulardan biri 25 yoshli mahoratli himoyachi Xurshid Muxtorov. Namanganliklar navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketishdi. Mazkur safar oldidan Xurshid Muxtorov bilan suhbat uyushtirib, unga o'zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Quyida mahoratli himoyachining fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

“Navbahor”ga o'tishi, yangi jamoasi, Kanchelskis haqida

- Meni “Navbahor”ga klub vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov taklif etib, jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis tarkibda ko'rishni xohlayotgan futbolchilar ro'yxatidan o'rin olganligim, yangi mavsumda “Navbahor”ning oldiga yuksak maqsad, yani Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilayotganligini takidladi.

SHuningdek, Namanganga birinchi marta kelganimda Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbaevich Bozorov bilan ko'rishib, gaplashdim. Xayrulla Hayitbaevich futbolni juda yaxshi tushunadigan ajoyib inson ekanlar.

Ushbu omillar, bundan tashqari, “Navbahor”ni o'z davrining mashhur futbolchilaridan biri bo'lgan rossiyalik mutaxassis Andrey Antanasovich Kanchelskis boshqarayotganligi, shuningdek, “Nasaf”dagi jamoadoshim Islom Rashidxonovning ham mazkur klub tarkibiga o'tishi, “Navbahor” safiga qo'shilishimda muhim rol o'ynadi.

Bu vaqtga kelib, Qarshining “Nasaf” klubi bilan tuzilgan shartnomamning muddati o'z yakuniga etgandi. SHu bois, namanganliklarning takliflarini qabul qildim.

Albatta, bungacha “Navbahor” haqida etarlicha malumotga ega edim.

Jumladan, jamoaning o'zbek futbolida o'z o'rniga egaligi, Namangan futbolsevarlar viloyati ekanligi, namanganliklar ko'p marotaba sovrindorlar safidan joy olib, 1996 yili chempion bo'lishgani, shuningdek, 3 marta O'zbekiston kubogi, bir marta Superkubokni qo'lga kiritishganidan xabarim bor edi.

Namanganliklar tarkibidagi barcha futbolchilar bilan oldin bir-birimizga qarshi o'ynaganmiz va ularning barchalari bilan juda yaxshi munosabatdamiz. SHu bois, meni jamoada juda yaxshi kutib olishdi hamda yangi jamoadoshlarimning barchalari bilan yaxshi chiqishib ketdim.

Har bir murabbiyning mashg'ulot olib borish hamda maydonda taktika tanlashda o'z uslubi bo'ladi. Albatta, Andrey Kanchelskis ham bundan mustasno emas. U mashg'ulotlarni evropacha uslub va ruhda hamda rang-barang tarzda olib boradi. Albatta, Andrey Antanasovichdan mashg'ulotlarda o'rgangan uslubimizni yangi mavsumda maydonda namoyish etib, o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddalaymiz, degan umiddaman.



Futbolchi bo'lishi, havas qilgan o'yinchilari, ampluasi to'g'risida


- Futbolchi bo'lishimda onamning hissalari katta. Boisi, og'aynilarim bilan ko'cha-ko'yda to'p tepib yurganimda volidai muhtaramam mendagi millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish kuchliligini ko'rib, qo'limdan etaklab, Guliston shahridagi BO'SMga etaklab borganlar. U erda futboldagi ilk saboqlarni murabbiy Mahmud Abduraimovdan o'rganganman.

So'ngra, tahsilni Toshkentdagi “Paxtakor”ga tegishli BO'SMda davom ettirganman. Fursatdan foydalanib, poytaxtdagi futbol maktabidagi o'qish davomida mendan o'z yordamini ayamagan murabbiy Rustam aka Oripovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Qiyinchilikka duch kelib, hattoki, ayrim sabablarga ko'ra, futbolni tashlamoqchi bo'lganimda ham, ushbu inson meni qo'llab-quvvatlab, umidimni so'ndirmasligim, hali hammasi oldinda ekanligini takidlaganlar. Buning natijasi o'laroq, shu darajaga etdim. Buning uchun Rustam aka Oripovdan bir umr minnatdorman.

Bundan keyingi futbolchilik faoliyatimda ham mazkur insonning ishonchini oqlayman, degan umiddaman.

Bolaligimda xorijliklardan Ronaldino, Zidan va Bekxem, o'zimizning futbolchilardan esa Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix hamda Odil Ahmedovning o'yinlarini ko'p tomosha qilardim va ularga havas qilardim.

Bolalikdan murabbiylar meni himoya chizig'iga qo'yishgan. Oldin markaziy himoyada o'ynardim. Keyinchalik chap qanot himoyasiga o'tdim. O'z poziciyamda o'ynaydigan o'yinchilardan “Real”ning braziliyalik futbolchisi Marselo va bir paytlari “Manchester Yunayted”da to'p surgan franciyalik Patris Evraga havas qilardim.

To'g'ri, himoyachiga qiyin. Boisi, raqibning ko'plab xavfli vaziyatlarini bartaraf etib, uchrashuv yakunida bitta xatoga yo'l qo'yib, sizning aybingiz bilan jamoangiz darvozasiga gol urilsa, muxlislarga yomon ko'rinishingiz mumkin. SHu bois, o'yinlar vaqtida iloji boricha xatoga yo'l qo'ymaslikka intilamiz.


Darvozabon va hujumchilar borasida


- Darvozabon – yarim jamoa degan gapga qo'shilaman. Boisi, ortingizda tajribali yoki mahoratli, shuningdek, ishonchli darvozabon bo'lsa, maydonda o'zingizni erkin his qilasiz va qo'rqmay to'p sura olasiz.

Himoyachi asosan hujumchilarga qarshi to'p suradi. SHu bois, Superligadagi hujumchilarning qanday imkoniyatga ega ekanliklarini juda yaxshi bilaman. Ulardan SHohnazar Norbekov, Marat Bikmaev va Temurxo'ja Abduxoliqovga qarshi o'ynash qiyin. Ushbu futbolchilar to'p suradigan jamoalarga qarshi o'yinlar menga biroz qiyinchilik tug'dirgan.

“Nasaf”dagi faoliyati haqida


- Qarshining “Nasaf” klubida 1,5 yil davomida to'p surdim va ushbu jamoadan juda yaxshi xotiralar qoldi. Ayniqsa, menga ishonch bildirganliklari uchun fursatdan foydalanib, qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Sadullaevich Berdievga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Garchi o'tgan mavsumda “Nasaf” tarkibidan asosan yosh futbolchilar o'rin olishgan bo'lsa-da, ijobiy natijani qayd etdik. Sobiq jamoamda barcha futbolchilar bir oiladek edik. Ro'ziqul aka tartib-intizomga qattiq rioya qiladigan inson edi. Jamoaning muvaffaqiyatlarida Ro'ziqul Sadullaevichning munosib hissasi borligi barchaga malum. U jamoani o'yinlarga qanday tayyorlash va futbolchilarni qanday ruhlantirish lozimligini juda yaxshi biladi.

Yangi mavsumda sobiq jamoam “Nasaf”ga ham omad yor bo'lishini tilayman.



“Navbahor”ning vazifasi va muxlislari to'g'risida


- Takidlaganimdek, “Navbahor” oldiga bo'lajak mavsumda yuksak maqsad qo'yilmoqda. Jamoaning hozirgi tarkibi bunga qodir, menimcha.

Yana shuni ham aytish lozimki, Islom Rashidxonov bilan “Nasaf”da birga o'ynaganmiz hamda maydonda bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Bu esa “Navbahor”da ham o'z samarasini beradi, albatta.

Mana, Turkiyaga jo'nab ketyapmiz hamda u erdagi sal kam bir oylik o'quv-mashg'ulot yig'ini yangi mavsum davomida jamoamizga asqotadi, deb umid qilaman.

Fursatdan foydalanib, “Navbahor”ga qulay sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbaevich Bozorov, Namangan shahar hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” klubi vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatovlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu yilgi chempionatda ularning ishonchlarini oqlash uchun maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

“Navbahor” muxlislarining O'zbekistonda o'z o'rniga ega ekanligini barcha yaxshi biladi. Jamoani har qanday vaziyatda ham ishqibozlar ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turishadi. Ular hattoki, mashg'ulotlarga ham tashrif buyurishadi. SHuningdek, safar o'yinlarga ham borishadi.

Jamoa muxlislaridan shuni iltimos qilardimki, bu yil ham “Navbahor”ga muxlislik qilishdan charchashmasin. Biz esa sizlarning ishonchingizni oqlashga intilamiz.

Co'zim yakunida fursatdan foydalanib, meni shu darajaga etishimga hissa qo'shgan barcha ustozlarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.



Malumot uchun
Xurshid Muxtorov
– 1994 yil 9 fevralda Guliston shahrida tug'ilgan.
Futbol bilan 9 yoshidan shug'ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiyi – Mahmud Abduraimov.
Guliston BO'SM va “Paxtakor” BO'SMda tahsil olgan.
Ampluasi – himoyachi.
O'ynagan jamoalari: “Guliston” (Guliston, 2013 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2014 – 2015 yillar va 2016 yilning 1-davrasi), “So'g'diyona” (Jizzax, 2015 yilning 2-davrasi), “Olmaliq” (Olmaliq, 2016-2017 yillar va 2018 yilning 1-davrasi), “Nasaf” (Qarshi, 2018 yilning 2-davrasi – 2019 yil).
2020 yildan “Navbahor”da.
Muxlislik qiladigan jamoalari: “Liverpul” (Angliya), “Real” (Ispaniya).
Havas qiladigan futbolchisi: Marselo.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика