Xurshid G'iyosov Janubiy Koreya klubiga o'tishga yaqin
14 jan 2020 14:34
Yangiliklar
Xurshid G'iyosov Janubiy Koreya klubiga o'tishga yaqin
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Xurshid G'iyosov legionerga aylanishi mumkin.
Yanvar oyi boshida PFL Xurshid G'iyoosov "Bunyodkor" bilan 2020 yil dekabr oyiga qadar shartnomani uzaytirgani haqida xabar bergan edi. Ayni paytda "Bunyodkor" klubi BAAda xorij yig'inini olib bormoqda. Klub bilan birga BAAga uchgan G'iyosov Toshkentga qaytib keldi. Futbolchi yaqin orada Janubiy Koreyaga uchib ketadi va mahalliy klublardan birida ko'rikdan o'tadi.
Hozircha G'iyosovning aynan qaysi klubda ko'rikdan o'tishi bizga malum emas.
Malumot uchun, 2019 yilgi mavsumda Xurshid G'iyosov Superligada 25ta o'yinda maydonga tushib 12ta gol (7tasi penaltidan) urdi.
Fikrlar