So’nggi yangiliklar

09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  7 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  2 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  4 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  4 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  8 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  13

Xurshid G'iyosov: "Biz ham mish-mishlarni eshitgandik" Yangiliklar

Xurshid G'iyosov: "Biz ham mish-mishlarni eshitgandik"

Ayni vaqtda yurtimiz jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish jarayonida.

2021 yilgi futbol mavsumiga qizg'in ruhda tayyorgarlik ko'rayotgan "Bunyodkor" jamoasi futbolchisi Xurshid G'iyosovni suhbatga chorladik.

- Xurshid, suxbatimiz avvalida jamoa va sizni Farg'onada o'tkazilgan  “Xokim kubogi"dagi ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. Keling, mana shu musobaqadagi taasurotlar bilan o'rtoqlashsangiz. Bu musobaqada qatnashish g'oyasi kimdan chiqdi?

Tabrik uchun katta raxmat. Musobaqadan taasurotlarimiz juda ham yaxshi bo'ldi. Bunga sabab esa jamoamiz “Xokim kubogi”da birinchi marta qatnashdi. Musobaqada qatnashish g'oyasi esa musobaqa tashkilotchilaridan chiqqan, ular bizni taklif etishdi. Jamoamiz bu musobaqaga kubokni qo'lga kiritish uchun borgandi va bunga erishdi. Musobaqa murosasiz va kurashlarga boy o'tdi. SHaroitlarga gap bo'lishi mumkin emas. Bizni judayam yaxshi kutib olishdi...

- Keling, endi jiddiy savollarga o'tamiz. Jamoada rahbariyat almashdi. Ulug'bek Mirzaevning qanday salohiyatga ega ekanini ko'rdi. Ushbu inson kelganidan keyin jamoadagi moddiy holat o'zgardimi, jamoa qayta shakllanyaptimi?

To'g'ri, raxbarimiz o'zgardi. Xozir jamoada muhit alo darajada, hammangiz ko'rib turibsiz, yangi mavsumga tayorgarlik ko'rmoqdamiz. Moddiy taraflama ham o'zgarishlar yaxshi. O'tgan mavsumdagi mukofot pullarini olyapmiz. Menimcha endi hammasi yaxshi bo'ladi. Jamoadoshlarim bunga ishonmoqda.

- "Bunyodkor" jamoasining sobiq murabbiyi Vadim Abramov bir intervyusida shunday degandi:

“Biz yangi rahbar bilan bir marta ko'rishdik, o'shanda xam juda kam gaplashdik. Jamoada direktorini tanimaymiz xam. Ishchilarning bir muddatlik maoshlari to'lanmagan. Bu ketishda nima bo'ladi bilmayman”. Aytolasizmi o'shanda xaqiqatan xam vaziyat qiyin axvoldamidi?

To'g'ri. U inson bilan bir marta ko'rishganmiz va o'shanda ham oz vaqt suxbatlashgandik. Undan keyin umuman ko'rishmadik ham, gaplashmadik ham.

- Yangi mavsumning oxirigacha "Bunyodkor” jamoasida qolasizmi yoki takliflarni ko'rib chiqishga tayyormisiz? 

Xozircha “Bunyodkor” jamoasidaman. Jamoa bilan amaldagi shartnomamiz avgust oyigacha tuzilgan. Keyin nima buladi bilmayman.

- Xurshid, o'tgan mavsum Koreyada legioner bo'ldingiz. Lekin, ko'p o'tmay yana sobiq jamoangiz tarkibiga qaytdingiz. Buning sababi nima?

Bilasizmi, aslida legioner bo'lish juda qiyin. Bunga katta mehnat kerak bo'ladi. Muhit o'zgaradi. Ayniqsa, o'tgan yili xamma uchun omadsiz yil bo'ldi. Pandemiya xammaning rejalarini o'zgartirib yubordi. Lekin, legioner bo'lganimda xammasi yaxshi edi. Meni jamoa yaxshi kutib oldi. CHempionat boshlandi. Meni hayron qoldirgan tomoni, men o'ynagan uchrashuvda jamoamiz g'alabaga erishdi, men gol urdim. Lekin, keyinchalik qaydnomadan ham o'rin olmadim. Nima bo'layotganini tushunmasdim. Keyinchalik zahirada qoladigan bo'ldim. Oxirida men jamoa rahbari bilan ko'rishib oldim va o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildik.

 

- Yangi mavsumda jamoangiz oldiga asosiy maksad kilib kanday vazifa kuyildi?

Menimcha, yangi mavsumni hamma jamoa intiqlik bilan kutmoqda. Vazifaga keladigan bo'lsak, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish bizning masadimiz. Imkon bo'lsa, chempionlik uchun kurashamiz.

- Yangi mavsumdan nimalarni kutmoqdasiz?

Bu yilgi mavsum ham har doimgidek murosasiz o'tishini kutmoqdaman. Menimcha, o'zgarishlar ko'p buladi. Amaldagi chempionga bu yil oson bo'lmasa kerak. SHu qatorda, bizda ham yangiliklar va kutilmagan natijalar bo'ladi.

- Qiziq savol. O'zbekistondagi eng mukammal stadion qaysi deb o'ylaysiz? Siz uchun omadli o'yingoh-chi?

Menimcha “Paxtakor” va “ Navbaxor” jamoasi uy stadionlari bo'lsa kerak. Omadli stadionga keladigan bo'lsak, albatta, bu “Bunyodkor” stadioni.

- Suhbatimizni jiddiy savol bilan yakunlasak... Yani bir necha yil ilgari "Bunyodkor" jamoasi tugatilishi xaqida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo bunday bo'lmadi. Mana endi "Nasaf" jamoasini xam tugatilishi aytilgandi, lekin oxirgi daqiqalarda bu jamoada xam ish boshlanib ketib jamoa saqlab qolindi. Savol quyidagicha, futbol akademiyasi zo'r va yaxshi. Qolaversa, professional tarzda ishlab kelayotgan shu ikkita jamoa qolgan bulsa. Bu jamoalarni qo'llab-quvvatlashimiz kerak?

To'g'ri aytasiz. Biz ham bu mish-mishlarni eshitgandik. Lekin, amalda bunday bo'lmadi. Meni hayratlantirgan tomoni shundaki, o'zbek futboliga shuncha iqtidorlarni etishtirib berayotgan bu ikki jamoani yuq qilish kimga kerak bo'ldi. Nima sababdan jamoalarni tugatish kerak edi. Ana shunisi bizni o'ylantirib quydi. Savolning ikkinchi qismiga keladigan bo'lsak, menimcha akademiyasi yo'q jamoalarni yo'q qilish emas, balki ozgina bo'lsada qo'llab quvvatlash kerak. O'shanda ular ham oldinga intilishlari mumkin.

- Xurshid, suhbat uchun rahmat. Marhamat, muxlislarga tilaklaringiz...

Muxlislarga tilagimiz shuki, yangi mavsumni kutishsin, biz ularga ko'plab sovg'alar taqdim etamiz. Barcha jamoalarning muxlislariga omad yor bo'lsin. Futbol muxlislar uchundir.

SHoxrux Meylixolov suhbatlashdi





Reklama 



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика