So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Xurshid G'iyosov: “Durang bo'lganida balki biz uchun alamli bo'lardi” Yangiliklar

Xurshid G'iyosov: “Durang bo'lganida balki biz uchun alamli bo'lardi”

“Andijon” va “Obod” uchrashuvida toshkentliklar tarkibida mazmunli o'yin namoyish etgan futbolchilardan biri bu – Xurshid G'iyosov bo'ldi.

Tezkor xarakatlari bilan raqiblarini shoshirib qo'ygan iqtidorli o'yinchi bahs yakuniga etgach, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Uchrashuvga har tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. O'tgan turda “Olmaliq” bilan safarda yaxshi o'ynagan bo'lsakda, yakunda mag'lub bo'lgandik. SHundan so'ng “Andijon”ga qarshi bahsga yuqori suratda hozirlik bo'ldi. Bugun mezbon jamoa ham g'alaba ilinjida kuchli o'yin namoyish etdi. Garchi uch ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsakda, bunga osonlikcha erishganimiz yo'q.

- Durang qoniqarli bo'larmidi? Ko'rdinglar bizda yana bir nechta vaziyatlar bo'ldi. Birga-bir vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Ammo ulardan to'g'ri foydalana olmadik. SHuning uchun durang bo'lganida biz uchun balki alamli bo'lar edi. CHunki biz aytib o'tganimdek, o'yin borasida ham raqibdan qolishmaslikka urindik.

- “Obod”da asosan yoshlar o'ynamoqda. Kuchli ishtiyoq va shiddat evaziga barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib o'ynamoqdamiz. Bugun g'alaba qozonishni raqibga nisbatan ko'proq biz xohlab o'ynadik degan bo'lardim. Jamoamiz quyi pog'onadan joy egallab turgandi. SHu bois uch ochko suv va havodek zarur edi. Bilsangiz kerak, bizda yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Ular bilan yaxshi chiqishib ketdik. O'ylaymanki qiyin vaziyatdan chiqib keta olamiz, - deydi G'iyosov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика