Xummels Germaniya termasining "Evro" uchun qaydnomasiga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
29 may 2024 15:07
Yangiliklar
Xummels Germaniya termasining "Evro" uchun qaydnomasiga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
"Borussiya Dortmund" himoyachisi Mats Xummels Germaniya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibiga kiritilmaganiga munosabat bildirdi.
"Tarkib mart oyidan buyon shakllantirilgani va futbolchilar o'zaro o'yinni yo'lga qo'yishganini tushunaman. Lekin biroz alamli, chunki ayni damda men Germaniyaning eng kuchli besh nafar himoyachisidan biriman. Agarda mart oyida mavsum oxiridagi sport formamda bo'lganimda, o'sha vaqtdagi yig'inga ham, Evropa chempionati uchun tarkibga ham kiritilgan bo'lardim, menimcha.
Men Nagelsmannga zaxirada o'tirishga va beshinchi markaziy himoyachi bo'lishga roziligimni aytdim. U mening poziciyamni yaxshi bilardi. U bularni bilishini o'zim istagandim.
Lekin uni to'g'ri tushungan bo'lsam, men zaxira futbolchisi bo'lishni qabul qilganimdan tashqari yana boshqa masalalar ham bor ekan. Gap ko'proq yosh, jismoniy holat haqida ketmoqda".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar