Xummels: "CHempionlar ligasining chorak finaliga chiqish imkoniyatlarimiz 50ga 50"
20 fev 2019 11:26
Yangiliklar


Xummels: "CHempionlar ligasining chorak finaliga chiqish imkoniyatlarimiz 50ga 50"
"Bavariya" himoyachisi Mats Xummels "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Enfild"dagi bahs golsiz durang bilan yakun topdi.
"Bugungi o'yinimizdan har birimiz mamnun bo'lishimiz kerak. Tartibli harakat qildik va murabbiy ko'rsatmalarini bajardik. Raqibning kuchli tomonlarini xavfsizlantirishimiz kerak edik. Buni uddaladik. Ularning uch hujumchisiga o'girilishga imkon bermadik. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz 50ga 50. Uyda g'alaba qozonishimiz kerak. Hech bir jamoa Myunxenga kelishni xush ko'rmaydi" - deydi Xummels.
"Bavariya" - "Liverpul" javob uchrashuvi 13 mart kuni "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar