Xulen Lopetegi: "Sevilya" EL finaliga chiqishga loyiq"
17 avg 2020 10:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587299_original.jpg)
![](/upload/storage/587299_220.jpg)
Xulen Lopetegi: "Sevilya" EL finaliga chiqishga loyiq"
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Evropa Ligasi yarim finali doirasidagi "Manchester Yunayted"ga o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Albatta, biz baxtlimiz. Og'ir o'yin bo'ldi va ikkinchi bo'limda ko'p terlashimizga to'g'ri keldi. Butun jamoa yaxshi harakat qildi. "Man Yunayted"ga qarshi ko'p harakat qilishingiz kerak va biz buni uddaladik. MYU - yaxshi futbol ko'rsatadigan juda katta klub.
Darvozabonimiz ajoyib o'yin ko'rsatdi. Oxir-oqibat biz finalga chiqishga loyiq edik. Yassin Bono ikkinchi taymda biz uchun juda ham muhim bo'ldi.
Men xursandman. Biz bunday keskin o'yinda bardoshli bo'ldik", - deydi Lopetegi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar