So’nggi yangiliklar

07:33Пети Мбаппенинг ўйинидаги пасайиш сабабини айтди  1 03:10Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" Аморим қўл остидаги илк ғалабасини қайд этди, куннинг марказий ўйинида дуранг  7 03:00Конференциялар лигаси. "Бетис" мағлуб бўлди, "Фиорентина" ғалаба қозонди ва бошқа натижалар  0 02:28"Реал" автобуси йўл-транспорт ҳодисасига учради  1 01:45"Милан" футболчиси билан шартномани узайтирди  0 01:23Родри "Реал" ҳақида: "Мардонавор мағлуб бўлишни ҳам билиш керак"  12 00:55Конференциялар лигаси. "Челси"да ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:45Европа лигаси. Турк клублари учун ғалабасиз тун, "Лион"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:40"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га қарши ўйинда жароҳатланди  1 23:19Рио Фердинанд Европанинг айни дамдаги энг кучли жамоасини айтди  2 22:50"Барселона"нинг икки футболчиси сафга қайтди  4 22:24Конференциялар лигаси. "Астана" сўнгги дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:56Европа лигаси. "Атлетик", "Лион", "Лацио" бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 21:48Конференциялар лигаси. "Хайденхайм" - "Челси" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  2 21:17Анвар Бердиев: "Плей-оффда ким рақиб бўлишидан қатъий назар ўйнашимиз керак"  3

Xulen Lopetegi haqida qiziqarli faktlar Yangiliklar

Xulen Lopetegi haqida qiziqarli faktlar

“Real” klubi bosh murabbiyi etib Xulen Lopetegi tayinlanganidan xabaringiz bor.

U bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. Bugun u haqidagi siz bilgan va bilmagan malumotlar bilan o'rtoqlashmoqchimiz.

1. Kuchli ota


Xulen Lopetegi ajoyib oilada tug'ilgan: uning otasi ekstrimal kasb — og'ir toshlarni ko'tarish bilan shug'ullangan. Xose Antonio Lopetegi bu bo'yicha rekord o'rnatgan: bir daqiqa ichida 100kg og'irlikdagi toshni 22 marotaba ko'targan.

“Bu qandaydir zo'ravonlikka o'xshardi. Men faqat oilamni boqish va pul topish uchun shu kasb bilan shug'ullanganman. Farzandlarim kasbimni egallashini istamaganman. Bilaman, ular ham bazida turli og'irlikdagi toshlarni ko'tarib turishardi. Quvonarli tomoni esa, ular faqat qiziqqanlaridan bu ishni qilganlar”, — degan edi Xose Antonio. Hozirda Lopetegining otasi tosh ko'tarmaydi. Biroq, har kuni erta tongda velosiped uchib, badantarbiya bilan shug'ullanadi.


2. Oilaviy restoran

Lopetegining oilasi go'shtli taomlar tayyorlaydigan kichik restoranni boshqargan. “U erda ota-onam, akam va men birgalikda ishlaganmiz. Dadam o'z ishining ustasi edi. U nima qilish kerakligini yaxshi bilardi. Onam esa ajoyib pazanda bo'lgan. Menga katiy talab bor edi: restorandagi ishim tamom bo'lganidan keyin mashg'ulotga borishim mumkin bo'lgan. Agar ishimni tugatishga ulgirmay kolsam, meni ko'yib yuborishmasdi”.

Bu holat u 18 yoshga to'lgunicha, yani uni “Real Madrid Kastilya”da o'ynashga taklif qilgunlariga qadar davom etgan. “Real” klubi rahbarlari unga oshxona ishlariga chalg'ishiga ruxsat berishmagan. Natijada u etuk futbolchi bo'la olgan. Ammo, futbol sohasidagi faoliyatiga nuqta qo'yganidan so'ng, yana restoranda ishlagan. Hozirda u akasiga Madriddagi 2ta muassasani boshqarishda ham yordamlashib turadi.    


3. Uchinchi darvozabon

Lopetegi faoliyatining asosiy qismini “Real” va “Barselona”ning zaxira o'rindig'ida o'tkazgan. Har ikki klubda ham 3 yil faoliyat yuritgan va shu vaqt mobaynida 10ta o'yinda ishtirok etgan. Bundan ortig'iga esa uning “uchinchi darvozabon” maqomi yo'l qo'ymagan. U “Logrones”da chinakamiga aosiy darvozabonga aylaga olgan. Aynan shu jamoadan u Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi va JCH-1994da ishtirok etdi. Uning so'zlariga ko'ra, faoliyati bunday omadsiz tus olganining asosiy sabablari: ko'p jarohat olgani va o'sha davrda iqtidorli posbonlar talaygina bo'lganidir. Xulen futbolchilik faoliyatini “Rayo Valekano” klubida yakunlagan.  

“Men “Barselona” klubida ancha qiynalganman. Sababi jismoniy ahvolim yomon edi. Belim bilan jiddiy muammo bo'lgani uchun doim ortda qolib ketaverardim. Lekin bu meni bora-bora kuchli qildi”.

Nima uchun uchinchi darvozabon bo'lganiga quyidagi video javob beradi: 




4. Jonli efirda hushidan ketishi

JCH-2006 vaqtida Xulen Lopetegi televidenieda mutaxassis bo'lib ishlagan. Bosh murabbiylik tashvishidan biroz qutilgan Xulen o'zini televidenie sohasida sinab ko'rishi uchun bu ayni muddao edi. Biroq, ispaniyalik aniq monologlardan emas, balki jonli efirdagi voqealar sabab mashhur bo'lib ketgan: o'shanda Lopetegi bir klub joylashuv taktikasini tushuntirayotib hushidan ketgan. Bir yildan keyin ushbu holat “Banco Gallego” bankining virusli reklama kampaniyasiga aylangan.

“Bu haqida eslash kayfiyatimga salbiy tasir ko'rsatmaydi. Aksincha, ushbu voqeaning o'ziga yarasha yaxshi tomonlari bor. Dastlab, reklama g'oyasi menga yoqmagan. Lekin keyin har bir narsaning yaxshi tomonini ko'ra olish lozimligini tushunib etdim.

Menga Boliviyada uzoq masofa, mablag' etishmovchiligi sabab bolalar maktabga bora olmayotgan bir joy haqida gapirib berishgandi. U o'rmonli joylar edi. SHuning uchun, infrastruktura bilan bog'liq muammolar ham bor edi. Reklamadan olgan daromadimni ana o'sha erga investiciya qildim. Biz uy qurdik. Bolalar o'qish kunlari o'sha erda yashab, dam olish kunlari esa uylariga jo'nab ketishardi. Buning natijasida 85ta bola o'qish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Men bundan juda ham mamnunman”, — deydi Lopetegi.



5. Murabbiylik qoidalari

Lopetegi o'yinchi bo'lgan paytida ustozlarini murabbiylik bo'yicha turli savollarga ko'mib tashlardi. Masalan, “Kastilya” murabbiyi unga uzoq vaqt davomida o'yinchidan to'pni olib qo'yish, raqib jamoaga qarshi qanday hujumkor o'yin tashkil qilish zarurligi kabi taktikalarni o'rgatgan. Xulen “Barselona”da Joze Mourino bilan birga ishlaganida mashg'ulotlarda qatnashib, jamoaning ikkinchi murabbiyi bo'lgan edi.

Lopetegi “Rayo Valekano”dagi murabbiylik faoliyati omadsiz boshlangandi. Ammo chekinmadi. O'qidi, o'rgandi va tajriba orttirdi. 2008 yilda o'zining taktikasini ishlab chiqdi: o'yinchilarni tez va qiziq echim topishga o'rgatish, mashg'ulotlardagi vaziyatlar sonini maksimal darajada simulyaciya qilish va h.k.

“Maydondagi harakatlari haqida o'ylab o'tirishga o'yinchining vaqti bo'ladi, deb o'ylamayman. Biroq, uni tezkorlikka o'rgatish mumkin. Lekin buni majburan emas, tabiatan singdirish zarur. O'yinchi asliday bo'lishi va erkinlikni his qila olishi lozim. U internet o'yinlaridagi personaj emas, haqiqiy futbolchi bo'lib harakatlanishi kerak. Maydonda qaror qabul qilish — o'yinchining huquqi emas, balki majburiyati bo'lishi darkor”.

Lopetegining fikrlari quruq so'zlardan iborat bo'lib qolmasligi uchun, u har bir o'yindan oldin ikkita jamoa bilan video mashg'uloti o'tkazadi. Iqtidorli o'yinchilar bilan esa individual shug'ullanadi. Aynan shu usul yordamida u U-19 va U-21 Ispaniya termalari bilan Evropa CHempionatida g'olib chiqqan. Xulen “Portu” klubiga esa yosh jamoa tuzish uchun borgan. “16ta futbolchi bilan shartnoma imzolangan edi. Biz “Portu” tarixidagi eng yosh guruhni tuzgandik. Ularning o'rtacha yoshi 24da edi. Bu ajoyib loyiha bo'lgandi”, — degan edi Lopetegi.

O'sha jamoa 2014/15 yilgi CHempionlar Ligasi chorak finaliga chiqa olgan. Biroq, yarim yildan keyin klub natijalari keskin tarzda pasaygan va Xulenni istefoga chiqarishgan. U 2016-2018 yillarda Ispaniya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lgan. So'nggi 20 o'yindan 14tasida g'alaba qozongan va 6tasida durrang (jami 61ta gol) natijani qayd etgan.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика