Xulen Lopetegi: "Atletiko" barcha musobaqalarda g'alaba uchun davogarlik qilmoqda. Ular haqli ravishda 1-o'rindalar"
12 jan 2021 08:10
Yangiliklar


Xulen Lopetegi: "Atletiko" barcha musobaqalarda g'alaba uchun davogarlik qilmoqda. Ular haqli ravishda 1-o'rindalar"
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi La Liga doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Atletiko" - har tomonlama mukammal jamoa va har bir chizig'ida ajoyib istedodli o'yinchilariga ega. Ular biz bilan deyarli ideal o'yin o'tkazishga harakat qilishadi.
"Atletiko" haqli ravishda La Ligada birinchi o'rinda bormoqda. Ular ajoyib o'yin namoyish etishadi va barcha musobaqalarda g'alaba uchun davogarlik qilishadi, shubhasiz. Bu aniq narsa", - deydi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" "Real"dan 1 ochko ko'p ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda. Ammo, Diego Simeone jamoasida 3ta zaxira o'yini mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar