So’nggi yangiliklar

13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  1 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  3 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  8 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  172 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2

Xudoyorxon Sagdullaev: "Mashal"da ichki muhit buzilgani uchun Superligaga chiqa olmadik" Yangiliklar

Xudoyorxon Sagdullaev: "Mashal"da ichki muhit buzilgani uchun Superligaga chiqa olmadik"

2022 yilgi mavsum Muborakning "Mashal" klubi Pro ligada ishtirok etdi va yuqori beshtalikda beshinchi o'rinni band etdi.

Jamoa yarim himoyachisi Xudoyorxon Sagdullaev 23ta o'yinda maydonga tushdi va 6ta gol urishga erishdi. Biz futbolchi bilan ortda qolgan mavsum haqida suhbatlashdik.

- Yakunlangan mavsum haqida fikringiz?

- "Mashal" jamoamiz bilan birga Superligaga chiqishni maqsad qilgandik. Birinchi davrada yaxshi o'ynadik, hatto peshqadamlik ham qildik. Ikkinchi davrada jamoada o'zgarishlar bo'ldi. O'yinni kuchaytirish uchun yangi o'yinchilar keldi. Lekin menimcha bu minusga qarab ketdi.

- Keyingi mavsum uchun rejalaringiz qanday?

- Oldimda Superliga jamoalaridan takliflar bor. Lekin "Mashal" bilan yana bir yillik shartnomam bor. O'zim Superliga klubida o'ynashni va omadimni sinab ko'rishni xohlardim.

- Nima uchun "Mashal"ni legionerlar tark etdi. Bu moliyaviy muammolar tufayli bo'ldimi?

- "Mashal"da har doim moliyaviy muammo bo'lib kelgan. Legionerlar O'zbekistonga nega keladi? Pul ishlash uchun. Ularga vaqtida pul berilmasa maydonga tushib o'ynashni xohlamaydi. Menimcha shu bois ular jamoadan ketishdi.




- Superligani kuzatib bordingizmi? "Nasaf"ga chempionlik uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Tajriba etishmadi. "Nasaf"da o'zim ham o'ynaganman, kuchli jamoa, ichki muhit alo darajada, hammani birdek ko'rishadi. Bosh murabbiy kim kuchli bo'sa o'shani maydonga tushiradi. Birinchi o'rinda borishning ham o'ziga yarasha bosimi bor. O'sha bosimni ko'tara olgan jamoa yakunda chempion bo'ladi.

- "Mashal"ning Superligaga chiqishiga nima etishmadi? Nega mavsum oxirida jamoadan yaxshi o'yin ko'rmadik?

- Ichki muhit buzildi. Yigitlarda ishtiyoq yo'qoldi. SHunday holatlar bo'ldiki, 3 oylab maosh olmadik. Superligaga chiqish uchun moliyaviy holat yaxshi va bir maromda bo'lishi kerak.

- "Mashal" bilan yana bir yillik shartnomam bor dedingiz. Bir yildan keyin "Nasaf"ga qaytasizmi yoki boshqa klubga ketasizmi?

- Agar "Nasaf"dan taklif tushsa albatta Qarshi klubiga qaytaman. Sababi "Nasaf"dan tepaga ko'tarilish osonroq.

- "Mashal" yana necha yil Pro ligada o'ynaydi deb o'ylaysiz?

- Menimcha 2023 yilda Superligaga qaytsa kerak, chunki o'zgarishlar katta.


Abdulla Doniyorov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика