Xuande Ramos Greciya terma jamoasini boshqarishga yaqin
07 may 2014 09:18
Yangiliklar
Xuande Ramos Greciya terma jamoasini boshqarishga yaqin
"Dnepr" bosh murabbiyi Xuande Ramos Greciya terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.
Greciya futbol federaciyasi 59 yoshlik ispaniyalik murabbiyga ikki yillik shartnoma va yiliga 800 000 evro miqdoridagi maoshni taklif qilmoqda.
Agar masala ushbu hafta yakunigacha hal bo'lmaydigan bo'lsa, yunonlar boshqa nomzodlarni o'rganib chiqmoqchilar.
Eslatib o'tamiz, JCH-2014 bahslaridan so'ng Greciya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Fernandu Santush jamoa bilan hayrlashadi.
Xuande Ramosning "Dnepr" bilan shartnomasi ham ushbu yozda o'z yakuniga etadi.
Fikrlar