Xuan Mata: "Sautgempton bilan o'yinda mag'lubiyatga loyiq emasdik"

14 yanv 2015, 00:35
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Xuan Mata jamoasining Sautgemptonga qarshi o'yinda munosib natijaga eirsha olmaganliklarini ta'kidlab o'tdi.

To'g'risini aytaman, "Sautgempton"ga qarshi o'yinda biz mag'lubiyatga loyiq emasdik.

Ular himoyada juda tartibli tarzda harakat qilishdi. Gol urish uchun vaziyatlar yaratishda biroz oqsadik. O'yinni o'z nazoratimiz ostida ushlab turdik.

Uchrashuv so'nggiga kelib yaxshigina imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bazida to'p darvozaga kirishni istamagandek ko'rindi. Keyingi o'yinlarda hammasi boshqacha bo'lishiga ishonaman. Oldinda bizni KPR bilan bo'ladigan bahs kutib turibdi. Biz g'alabali odimimizni yangittan boshlashimiz zarur.

Jamoamiz o'z kuchiga bo'lgan ishonchni yo'qotgani yo'q. Biz oxirigacha kurashamiz.


Manba: sports.ru