So’nggi yangiliklar

16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  0 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  2 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  2 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  4 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  4 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  4 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  5 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  2 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  11 10:05"Ливерпуль", "Бавария" собиқ футболчиси 42 ёшда футболчилик фаолиятини якунланади  3

Xuan Mata: Pleymeyker tezroq fikrlashi kerak Yangiliklar

Xuan Mata: Pleymeyker tezroq fikrlashi kerak

Manchester Yunaytedning ispaniyalik yarim himoyachisi Xuan Mata FourFourTwo nashriga bergan intervyusida bo'yi past futbolchilarga APLda qiyinligi haqida gapirib o'tdi.

- Sizday kichik jussali futbolchiga premer-ligada jon saqlash qiyin kechmayaptimi, shuncha kuchni qaerdan olyapsiz?

- Yaxshi savol. Angliyada gavdali va kuchli futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. SHu bois ham men ko'proq o'ylashga majburman. Agar raqibingiz sizga nisbatan baquvvat bo'lsa, undan oldinroq bo'sh joyni egallashingizga to'g'ri keladi. Bo'yi past futbolchilar o'yin paytida ko'proq aql bilan harakat qilishlari kerak.

- Siz tezkor va kuchli himoyachilarga qarshi boshqa-boshqa usulda o'ynaysizmi?

- Bu to'pning kimda ekanligiga bog'liq. Agar raqibda bo'lsa, taktika birinchi o'ringa chiqadi. Himoyachi erkin harakat qilmasligi uchun yaxshi poziciyani egallashim kerak. Aksincha, to'p bilan harakatlanayotganimda eng muhimi - birinchi teginish. SHuningdek, devor usulida o'ynashni ham yaxshi ko'raman. Barchasi raqibni aldashga bog'liq. Buning uchun esa tez fikrlash talab etiladi.

- Ochiq hududlarni topishni qoyillatasiz. Bu borada alohida mashq qilasizmi?

- Pasni qabul qilish uchun ochiq zonani istashim - bu qandaydir instinktga aylanib qolgan. To'pni qaerga borishini oldindan his qilaman. Axir birinchi yil o'ynashim emas-ku. Lekin buni mashg'ulotlarda ham o'zlashtirsa bo'ladi.

- Ochiq zonalar yo'qligida to'pni nazorat qilishning sababi nimada?

- Har safar to'pni egallashdan oldin atrofga bir qarab olish kerak. O'zingiz, jamoadoshlaringiz va raqibingizning qaerda turganini bilishingiz lozim. Ispanlar hamisha shunday qilishadi. Buni o'zingiz ham ko'rsangiz bo'ladi. Ayni uslubda o'ynaydigan futbolchilar orasida eng zo'ri - Xavi. U tezkor ham, jismonan baquvat ham emas. Ammo u qaror qabul qilishda tengsiz.

- Sportzalda ko'p shug'ullanasizmi?

- U erga haftasiga uch marta boraman. Lekin bu jamoamizning hafta davomida o'tkazadigan o'yinlariga bog'liq. Agar haftada ikki yoki uchta o'yin o'tkazsak, sportzalga borishning iloji yo'q. CHunki tiklanish uchun vaqt kerak. Gavdam kichkina bo'lgani uchun jarohatlardan qochishga to'g'ri keladi. SHu bois, jismoniy holatimni bir maromda ushlab turaman.



- Pleymeykerlar uchun alohida mashqlar bormi?

- Har jabhada formani ushlab turish lozim. Umuman olganda, futbolchilar uchun maxsus mashqlar etarli. O'yin paytida qiladigan harakatlarimni hamisha takrorlab yuraman.

- O'yin va mashg'ulotlardan ke­yin qanday tiklanasiz?

- Ispaniyada yashaganimda tushlikdagi siesta yoqardi. Lekin Angliyaga ko'chib kelganimdan so'ng bundan voz kechdim. CHunki tumanli o'lkada madaniyat boshqacha. Tiklanish uchun ko'proq hovuzda cho'milaman. SHuningdek, yaxshi ovqatlanaman. Agar uzoq vaqt yuqori saviyada o'ynashni istasangiz, o'z ustingizda ishlashdan to'xtamasligingiz kerak.

- O'yindan oldin zaryad olishingiz uchun qanday ovqat ma­qul?

- Bazada nonushta qilaman. Odatda, tost va banan eyman. Mashg'ulotlardan oldin organizmga uglevodlar kerak. SHuningdek, bir stakan apelsin sharbati va qahva ichishim mumkin. Oshpazimiz Mayk ajoyib inson. U tushlikka baliq pishiradi. O'yindan oldin ko'proq suv ichish ziyon qilmaydi.

JA'FARALI tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика