Xuan Girado: "Filippin xalqi biz bilan faxrlansa arziydi"
25 mar 2016 13:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202561_original.jpg)
![](/upload/storage/202561_220.jpg)
Xuan Girado: "Filippin xalqi biz bilan faxrlansa arziydi"
- O'zbekistonga xush kelibsiz. O'yindan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Menimcha barcha filippinliklar bizdan faxrlansa bo'ladi. Bu o'yinda qo'limizdan kelgancha o'ynadik. O'yin juda og'ir bo'ldi. Hamma narsa bizga qarshi bo'lgandek. 10 daqiqadan so'ng bir kishi kam o'ynadik. Barchaga malumki bo' ikki karra ko'proq harakat qilish kerak degani. 1ta gol bu biz uchun hech narsa emas, ammo biz 3 ochkoni yo'qotdik.
- Keyingi o'yinga tayyorgarlik haqida nima deysiz? Balki taktikani o'zgartirish kerakdir?
- Bizning keyingi o'yinimiz KXDR bilan va biz ushbu bahsga kuchli tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Jarohat olgan bir qancha futbolchilarimiz safga qaytishga tayyor va biz keyingi o'yinga 100 foiz tayyor bo'lamiz degan umiddaman. Hozir esa bizni uzoq yo'l kutayapti.
Dildora Xolbaeva suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar