Xojson: "Sterling charchoq tufayli Estoniyaga qarshi asosiy tarkibda bo'lmadi"
13 okt 2014 11:09
Yangiliklar


Xojson: "Sterling charchoq tufayli Estoniyaga qarshi asosiy tarkibda bo'lmadi"
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Evro2016 saralashi doirasida Estoniyaga qarshi o'yinda nega yarim himoyachi Raxim Sterling maydonga asosiy tarkibda tushmaganini tushuntirib berdi.
"Raxim mashg'ulotlardan so'ng oldimga kelib, o'zida charchoq alomatlarini sezganini va yaxshi formada emasligini aytdi. Men unga, Adam Lallana asosiy tarkibda chiqishi va o'zi zaxiradan o'yinga qo'shilishi haqida takidladim. Etibor bergan bo'lsangiz, shunday ham bo'ldi, Sterlingda hech qanday jarohat yo'q" - deydi Xojson.
Angliya terma jamoasi Estoniyani 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yindagi yagona golni Ueyn Runi o'z nomiga rasmiylashtirdi.

Fikrlar