So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Xotira uyg'onsa go'zal! Yangiliklar

Xotira uyg'onsa go'zal!

Xalqimizda inson xotirasi bilan tirik, degan gaplar bejiz aytilmaydi.

Haqiqatan ham o'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, ezozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan, milliy qadriyatlarimizdan biriga aylangan. 

Yaqinda, hayotlik vaqtida el-yurti uchun fidoyilik bilan xizmat qilgan, yurt ravnaqiga beqiyos xizmatlari singgan, o'zbek futbolida o'ziga xos o'chmas iz qoldirgan vohalik bir guruh shu soha namoyondalari – Qashqadaryo viloyati sobiq hokimi Nuriddin Zayniev, viloyat futbol associaciyasi sobiq birinchi vice-prezidenti Norqul Daminov hamda Respublika miqyosidagi taniqli sobiq hakam Amriddin Saydaliev xotirasiga bag'ishlangan xotira turniri o'tkazildi.  

Musobaqa markazi etib, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani bolalar va o'smirlar futbol maktabi yashil maydoni tanlandi. 2012-2013 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida o'tgan mazkur tadbir yuksak saviyada tashkillashtirilishida marhum Amriddin aka Saydalievning farzandi Nuriddin Saydaliev hamda uning ko'plab shogirdlari nomidan Jamol Otaqulov tashabbus ko'rsatishdi. 

Keskin, murosasiz va qizg'in kurashlar ostida o'tgan musobaqada Qashqadaryo viloyatining bosh jamoasi, O'zbekiston Superligasi qatnashchisi "Nasaf", shuningdek, ikkinchi liga vakili "Lokomotiv" (Qarshi), Karshi tumani "Nasaf" filiali hamda  Kasbi tumani BO'FM jamoalari ishtirok etishdi. Musoboka yakunida g'olib jamoalarga esdalik diplomlari, medallar va maxsus kubok topshirildi. 

Yosh futbolchilarga "Nasaf" klubi o'yinchilari tomonidan master-klass o'tkazilishi esa ushbu turnirning eng hayajonli nuqtasiga aylandi desak, hech mubolag'a bo'lmaydi. 

N.ZAYNIEV, N.DAMINOV, A.SAYDALIEV XOTIRA TURNIRINING YAKUNIY KO'RINISHI

1-o'rin. Kasbi BO'FM "A" jamoasi (murabbiy - J.Ergashov). 

2-o'rin. Kasbi BO'FM "B" jamoasi (murabbiy - Z.Kamolov).

3-o'rin. Qarshi shahri "Lokomotiv" jamoasi (murabbiy - B.Usmonov). 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика