So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  1 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  2 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

"Xotira-79" jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi Yangiliklar

"Xotira-79" jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi

Pro liga 28-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan "G'ijduvon" – "Xotira-79" uchrashuvi o'tkazilmaydi.

Bunda mezbonlarga texnik g'alaba, mehmonlarga esa texnik mag'lubiyat yoziladi.

CHunki "Xotira-79" jamoasi safar uchrashuviga murabbiylar shtabisiz tashrif buyurdi. G'ijduvonga Uychidan faqatgina 14 nafar futbolchigina keldi xolos. Jamoaning natijasi uchun javob beradigan murabbiy, jamoaga masul – mamur, futbolchilar sog'ligiga javobgar sanaluvchi klub shifokori esa nomalum sabablarga ko'ra o'yinga kela olmadi. SHu sababdan uchrashuv komissari o'yin o'tkazilmasligini lozim topdi.

Takidlash joiz, oldinroq Uychi tumanining "Xotira-79" klubiga Pro-Liga 22-turidan joy olgan "Labsa" — "Xotira-79" safar o'yiniga ham bora olmagani sabab texnik mag'lubiyat yozilgan edi.

Davralar oralig'ida moliyaviy muammolarga duch kelgan mazkur klubning Pro ligada ishtirokini davom ettirishi masalasi tez kunlarda PFL komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi.  

O'z oldiga hech qanday maqsad qo'ya olmaydigan va faqatgina bugungi kuni bilan yashaydigan klublar bilan chempionat saviyasini ko'tarish qiyin. Kelasi yildan boshlab bu kabi jamoalar formati o'zgaradigan 2-liga musobaqalarida ishtirok etishi mumkin. Pro-Ligada esa Superliganing minimal talablariga javob bera oladigan klublargina qoldiriladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика