Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi o'yinlar haqida: "Bu xuddi derbidek bo'lib qoldi"
31 jan 19:59
Yangiliklar
Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi o'yinlar haqida: "Bu xuddi derbidek bo'lib qoldi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi qura natijalariga ko'ra, jamoasi "Real"ga qarshi ro'baro kelishiga munosabat bildirdi.
Murabbiy so'zlaridan iqtibos keltirdi. AS.
"Bu to'qnashuv, xuddi derbidek bo'lib qoldi. Qatorasiga to'rtinchi yil "Real"ga qarshi o'ynash? Umid qilamanki, birinchi o'yinga va bir haftadan keyin Madridda bo'ladigan bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'ra olamiz", – dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, 1/16 finalning dastlabki o'yinlari 11 va 12 fevral kuni, javob bahslari esa 18 va 19 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
"Real" TV ECHL qurasidan keyin: "Ortiq hech kim "qaynoq to'pchalar" xaqida gapira olmaydi"
"Al Hilol" "Real"ga 30 million evro taklif qilgan. Qizig'i, Vinisius uchun emas
Fikrlar