Xosep Gvardiola: “O'z maydonimizda ushbu mavsumdagi eng zo'r o'yinni o'tkazdik”
03 fev 2014 12:42
Yangiliklar


Xosep Gvardiola: “O'z maydonimizda ushbu mavsumdagi eng zo'r o'yinni o'tkazdik”
“Bavariya” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Bundesliganing 19-turidan o'rin olgan “Ayntraxt”ga qarshi o'yin (5:0) jamoaning ushbu mavsumda o'z maydonida o'tkazgan eng zo'r o'yini bo'lganini aytib o'tdi.
“Fikrimcha, o'z maydonimizda ushbu mavsumdagi eng zo'r o'yinni o'tkazdik. Men bundan mamnunman. SHogirdlarimni tabriklayman, chunki ular yuqori darajada o'yin ko'rsatishdi. Biz to'pni maydon markazida yaxshi boshqardik va uni o'z vaqtida hujum chizig'ida etkazib bera oldik. O'ylashimcha, mavsum boshida biroz zerikarli o'yin namoyish etdik, lekin endi barchasi o'zgardi. Keyinchalik ham muxlislarimizni quvontirishda davom etamiz”, - Gvardiolaning so'zlarini keltiradi myunxenliklar rasmiy sayti.

Fikrlar