

O'ylashimcha, 75 foiz vaqt davomida biz ustunlki qildik. Vaziyatlarni ko'p yaratdik, ammo gol ura olmadik. Vaziyatlar juda ko'p bo'ldi, odatda raqiblar bizga bunday imkoniyat berishmaydi. YCHLdagi qaysi jamoa safarda biz kabi ko'p imkoniyatlarga ega bo'lganini bilmayman ham. Myullerga kelsak, asosiy tarkibda tushmaganiga sabab bor. Bizga chap qanotda chap oyoqda o'ynay oladigan hujumchi, o'ngda o'ng oyoqda o'ynay oladigan hujumchi kerak edi, bundan tashqari maydon markazini qo'shimcha yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi edik, - deydi Gvardiola Deutsche Welle nashriga.



