Xosep Gvardiola: "Mavsum o'yinchisi "Liverpul"dan bo'ladi. Bu mukofot doim ularga berilgan"
24 iyu 2020 14:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582891_original.jpg)
![](/upload/storage/582891_220.jpg)
Xosep Gvardiola: "Mavsum o'yinchisi "Liverpul"dan bo'ladi. Bu mukofot doim ularga berilgan"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening ajoyib o'yinlariga qaramay APLda mavsum o'yinchisi "Liverpul"dan bo'lishiga ishonadi.
"De Bryuyne? Yo'q-yo'q, mukofot "Liverpul" o'yinchilariga beriladi. Biz chempion bo'lgan paytlarimizda "Liverpul" futbolchilari taqdirlanishgan.
Hozir titulni ular olishdi, shunday ekan ularning o'yinchilari bu sovrinni yana olishlariga to'liq aminman. Bu mukofot faqat "Liverpul"ga beriladi", - deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" bundan oldingi ikki mavsum Angliya chempionatida g'olib bo'ldi. Ammo, eng yaxshi o'yinchilar deb "Liverpul" futbolchilari tan olindi. 2018 yil hujumchi Muhammad Salah eng zo'r deb topilgan bo'lsa, o'tgan yili bu mukofot Virjil van Deykga nasib etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar