Xosep Gvardiola: “Manchester Siti” ECHL g'olibligiga tayyor emas”
22 okt 2018 22:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459262_original.jpg)
![](/upload/storage/459262_220.jpg)
Xosep Gvardiola: “Manchester Siti” ECHL g'olibligiga tayyor emas”
“SHaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola ECHL guruh bosqichi 3-turi oldidan jamoasining turnirdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
“ECHLda holatimiz yomon emas. “Lion”ga qarshi birinchi 45 daqiqalik taymni hisobga olmaganda, hammasidan ko'nglim to'q. Har kuni futbolchilarimiz mashg'ulotlarda qanday ishlayotganlarini kuzatib boramiz. ECHL g'olibligi? Men Barselonada tug'ilganman va futbolga ilk qadamlarimni o'sha erda qo'yganman. G'alaba qozonish – qonimda bor. Futbol – bu o'yin, har doim ham unda muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Birgina istak etmaydimi? Tajriba kerak. To'g'risini aytsam, shogirdlarim turnirda g'alaba qozonish uchun hali tayyor emas. Biz yutish uchun ishlaymiz va hamma ishni bajaramiz”, - deb ispaniyalik murabbiyning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar