So’nggi yangiliklar

21:00Евро-2024. Англия – Швейцария 0:0 (матнли трансляция)  7 20:27Расман: Испания Қироллиги футбол федерацияси Педрининг жароҳати бўйича маълумот берди  2 20:06"Сўғдиёна" - "Нефтчи". Кимлар асосий таркибда?  5 19:53"Арал" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  20 19:43"Локомотив" "Краснодар" тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  2 19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  4 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  5 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  21 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  3 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  3 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  17 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15

Xosep Bartomeu: “Barselona” “Real” borligi uchun ham buyuk klub” Yangiliklar

Xosep Bartomeu: “Barselona” “Real” borligi uchun ham buyuk klub”

“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu klub falsafasi, jahonni zabt etish g'oyalari va Ispaniyada klubning asosiy raqibi sanalgan “Real” to'g'risida fikrlarini xorijlik hamkasblarimizga bergan intervyusida to'xtalib o'tdi.


Takidlash lozimki, u Madrid klubi haqida juda iliq fikrlar bildirdi.

“Barselona” uchun klub futbolchisi “Oltin to'p”ni yutishi qanchalik muhim?

– “Oltin to'p” – nafaqat mavsum, balki umumiy olib borilgan ishlar yakuni. Oxirgi o'n yilda ishlarni yaxshi yo'lga qo'ydik va kuchli uchlikda avval Xavi, Inesta, Messi, hozir Neymar paydo bo'ldi. Har doim sovrin tegmasa ham u erda doimiy o'rnimiz bor.

Klubga bundan nima foyda?

– Iqtisodiy foydasi bor, lekin darhol va to'g'ridan-to'g'ri emas. “Oltin to'p” kelajakda mablag' keltirishi mumkin bo'lgan narsa, lekin uning ijtimoiy va hissiy roli biz uchun muhimroq. Muhimi, muxlislarning futbolchilar bilan faxrlanishidir. Yanada muhimrog'i, ularning jamoa bilan faxrlanishi.

Siz uchun sovrinni kim olishining ahamiyati yo'qmi?

– Albatta, lekin o'tgan yil bo'yicha Messi. Natija, iqtidor, yana muhim o'yinlarda o'zini ko'rsatdi. O'tgan yili muhim g'alaba “Atletiko”ning 3:1 hisobida mag'lub etilishi bo'ldi. Bungacha ushbu klub ko'p marta yo'limizni to'sib qo'ygandi. Messining 2015 yilgi gollaridan Ispaniya Kubogi finalida “Atletik”ka urgan goli esda qolarli chiqdi.

“Barsa” falsafasini tushuntira olasizmi?

– Muhimi – futbol, o'yin. Biz o'yinchilar va marketing bo'yicha qabul qilayotgan qarorlarning barchasi futbol uchun. Yangilik gapirmayapman, qirq yildan beri bu falsafa mavjud. Kroyfning kelishi va “Masiya” tashkil etilgandan beri. U maktabda tayyorlov yo'nalishi va o'yin uslubini yaratdi. Barchasi o'xshamagan holatda ham unga amal qilamiz.

– Murabbiylar almashsa ham uslub qoladimi?

– Hammasi golland maktabidan kelgan, Rinus Mixels. U futbolchi Kroyf bilan shu tizimni amalga kiritgan. Natija bo'lmagan yillarda asosiy sabab sifatida murabbiyning “Barsa”ga mos maktabdan bo'lmagani keltirilgan. Kroyfning o'sha va hozirgi jamoa o'rtasida o'xshashliklar ko'p. SHu sababli o'z vaqtida Ronaldinoni, hozir Neymarni taklif qildik.

– Messining klub taraqqiyot yo'lida o'rni qanday?

– U bizga 13 yoshligida kelgan, bu g'oya ostida o'sdi. Klub uning uchun qadrdon uy. Messi va Inestaning tarkibda paydo bo'lishi bizni ko'tarilishga olib chiqdi. Messi maktabimiz ramzi, uning eng yaxshi bitiruvchisi. Unda katta iqtidor bor, lekin uning o'sishiga yordam ham berishgan. Ikki yil oldin Messi tamom bo'lgani haqida gapirishgandi. Lekin u o'yinini o'zgartirdi va yangi saviyaga chiqdi. Yana “Oltin to'p”ni yutdi.

– Yulduzlardan farqli ravishda siz haqingizda malumotlar juda kam.

– “Barsa”ga 2003 yil kelganman. O'shanda Xoan Laporta prezident edi. Mamuriyat tarkibida sportning turli yo'nalishlariga javob berardim. Sandro Rosel futbolga, men esa basketbol, gandbol, xokkey va futzalga biriktirilgandik. Ikki yildan keyin istefoga chiqdim, Laporta bilan kelisholmadim. 2010 yil Rosel prezident bo'lganda qaytdim. Mening ishim bor. Aeroportlarda qo'nish tunnellarini quradigan tashkilotni boshqaraman.

Ikki yil oldin Sandro Roselni almashtirganingizda klubdagi vaziyat oddiy emasdi. O'tgan yili ham Messi va Luis Enrike o'rtasida muammo bo'ldi.

– 2014 yilning yanvarida prezident bo'ldim. O'shanda FIFA transferlarga taqiq qo'ygandi. Yozda katta ishni amalga oshirdik, Luis Enrikeni jamoaga taklif etdik va hozirgi jamoani shakllantirdik.

2015 yilning yanvarida esa futbolda yuzaga keladigan oddiy muammolardan biri ro'y berdi. Yangi murabbiy, yangi o'yinchilar. Boshqa tomonda hamma narsani yutgan futbolchilar. Ishim har ikki tarafni tinchlantirib, mojaroni hal qilish edi.

“Barsa”ni yanada yuqoriroq saviyaga olib chiqish yo'lini bilasizmi?

– “Barselona” saviyasi allaqachon cho'qqidan yuqorida! Internetda 205 million, umuman esa 450 million ishqibozimiz bor. Klubni yoqtirishadi, yaxshi ko'rishadi.

Uni global, ommaviy loyiha sifatida ko'raman. Gonkongda ofisimiz bor, tez orada Nyu-York va San-Pauluda ochamiz. Bu yanada yuqoriroq daraja. O'tgan yili 600 milliondan ortiq daromad oldik. Bu yil 660 millionni zabt etishni mo'ljallayapmiz. 2021 yilda esa milliardlik dovonga etishni. Futbol hozir ko'tarilishda va biz bundan foydalanishimiz kerak.

Asosiy raqibingiz kim?

– Ispaniyada “Real”, jahonda Angliya klublari. Ingliz klublari boyroq bo'lishmoqda va joyimizda tursak, ular ustun bo'lishadi. Angliyada jamoalar bir maqsadga birlashishadi. Bunga qarshi turish uchun qolgan ligalar shoshilishlari zarur. Masalan, nima uchun biz shanba kuni biz soat 16:00da o'yinni boshlaymiz? Bizni Osiyoda ko'rishlari uchun. Agar inglizlarga qarshi turmasak, yakunda moliyaviy yo'qotishlarga duch kelamiz, o'yinlarni yutqazamiz va futbolchilardan ayrilamiz. Men Messi, Neymar yoki Suaresni emas, balki maktabimizdagi yosh o'yinchilarni nazarda tutyapman.

“Barselona”ning “Real”dan farqi nimada?

– Bu savolga javob berolmayman. Bir narsani aytaman. “Barselona” “Real” borligi uchun ham buyuk klub. Va aksincha ham. Ispaniya eng buyuk futbol mamlakati emas, lekin bu erda jahonning eng buyuk ikki jamoasi o'ynaydi. Bunday bo'lishda ularga munosib qarama-qarshilik yordam bergan.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика