So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  9 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo'lga olishimiz talab etiladi" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo'lga olishimiz talab etiladi"

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Vetnamga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Osiyo Kubogi eng qizg'in pallaga kirib bormoqda. Hozirda Osiyo jamoalari juda kuchaygan va teng darajada deb o'ylayman. Guruhdagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonganimizga qaramasdan, qiyin o'yinlar o'tkazdik, biroq vaziyatlardan chiqib keta oldik. Vetnamning chorak finalga yo'l olganiyoq ularning yaxshi jamoa ekanini ko'rsatadi. G'alaba qozonishimizga ishonchim komil, lekin bu bosqichda oddiy o'yinlar bo'lmaydi.



Vetnamning o'yin uslubi haqida

— Raqibning o'yinlarini tahlil qilib, shuni aytishim mumkinki, Vetnam juda tezkor, ularda raqobatbardosh jamoa shakllangan. CHunki jamoa murabbiyi Diego kuchli mutaxassis. U o'z mahoratini va nima istayotganini shogirdlariga tez va aniq tarzda tushuntirib bera oladi. Ular turli holatlarda qanday o'ynash kerakligini bilishadi, shuningdek, vaziyatga qarab taktikani o'zgartira olishadi. Buning uchun jamoa murabbiyiga rahmat aytmoqchiman. Yarim finalga chiqishimiz uchun uchrashuvni to'liq nazorat qilishimiz talab etiladi.

Jarohatlar haqida

— Bazi futzalchilarimiz turnirdan avval jarohat olishdi, biroq bu bahona bo'la olmaydi. Biz barcha o'yinchilarimiz xizmatidan foydalanamiz. Eng muhimi, jarohatlar va har qanday muammolarga qaramasdan, g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish.

Jamoamga to'liq ishonaman. Biz uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, o'yinga ruhan va jismonan tayyormiz.



Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Vetnam bahsi 24 aprel kuni 19:00 da start oladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика