So’nggi yangiliklar

00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  12 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4

Xose Venansio Lopes: "Hali hamon xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Jahon chempionatiga qadar ushbu vaziyatni to'g'irlashimiz kerak" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Hali hamon xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Jahon chempionatiga qadar ushbu vaziyatni to'g'irlashimiz kerak"

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng (3:1) matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugungi uchrashuvning bazi vaziyatlarida nazoratni qo'ldan boy bergan vaziyatlarimiz kuzatildi, afsuski. Bugun HusniddinNishonov juda yaxshi o'ynadi. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortadi degan umiddaman.

- Bugungi o'yindan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- G'alaba qozonish yoqimli, ammo xatolarimiz etarlicha bo'ldi. Hali hamon xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Ushbu jihat ustida ko'p ishlashimiz kerak. Jahon chempionatigacha qolgan davrda o'yinimizni yaxshilab olishimiz kerak.

- Abbos Elmurodov juda baland poziciyada o'ynadi. Ushbu usul raqiblarga ham ancha noqulaylik tug'dirdi. Bunday uslub tayyorlangan rejamidi?

- Ha. Bu o'ylangan reja edi. Biz har doim darvozabonni oldinroqda o'ynashining tarafdorimiz. Elmurov oldinga chiqib o'ynayotgani sababli raqib chuqurroq himoyalandi va bu bizga yanada qo'l keldi va yanada ko'proq imkoniyatlar yaratib berdi.

- Bugun qaysi tarkib maydonda bo'lishidan qatiy nazar bir nafar futzalchi har doim hujumchi poziciyasida bo'ldi. Ushbu jihat haqida fikrlaringizni gapirib o'tsangiz?

- Bizda har bir to'rtlikda muvozanat bo'lishi tarafdorimiz. Birinchi to'rtligimiz ko'proq harakatlar va ochilishga asoslangan. Biz to'rtda taktik uslubda o'ynaymiz. Ikkinchi to'rtligimiz esa 3-1 taktik sxemasi ostida o'ynaydi.

- Terma jamoa o'yinida qanday kamchiliklarni kuzatmoqdasiz?

- Jismoniy holatimiz yaxshi emas. Futzalchilarning harakatlari og'ir. Biz jismoniy holatimizni eng yuqori darajaga olib chiqishimiz kerak.

- Mundialga qadar yana o'rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilmoqdami?

- Ha. Biz 6-8 sentyabr kunalri Braziliya milliy terma jamoasiga qarshi o'yinlarda ishtirok etishimiz kerak.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика