Xose Venansio Lopes: "Eng muhimi xatolarga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Bugun 36 daqiqa davomida tartibli o'yin ko'rsatdik"
09 sen 00:30
Yangiliklar
Xose Venansio Lopes: "Eng muhimi xatolarga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Bugun 36 daqiqa davomida tartibli o'yin ko'rsatdik"
O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Braziliyaga (2:5) qarshi kechgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"Bugun ikki kun avvalgi uchrashuvdan yaxshiroq o'yin namoyish etdik va faqatgina o'yin so'ngida ikkita xatoga yo'l qo'ydik. O'yinning qolgan vaqtida, yani 36 daqiqa davomida tartibli o'ynadik. Eng muhimi shu, keyingi uchrashuvlarda ham shunday davom etishimiz kerak. Bugungi bahsda yanada yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi. Buyog'i Jahon chempionati haqida o'ylaymiz. Eng muhimi xatolarga yo'l qo'ymaslik. Mundialdagi dastlabki uchrashuv biz uchun finalga teng, keyingi turlardagi raqiblar uchun bo'lgan rejalarni birinchi bahsdan so'ng tuzamiz" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes
O'zbekiston ikkinchi o'rtoqlik o'yinda ham Braziliyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi
Fikrlar