Xose Reyna: “Napoli”ning mag'lubiyatiga men sababchiman”
03 fev 2014 10:54
Yangiliklar


Xose Reyna: “Napoli”ning mag'lubiyatiga men sababchiman”
“Napoli” darvozaboni Xose Reyna “A” Seriyasining 22-turi doirasida bo'lib o'tgan “Atalanta”ga qarshi o'yinni (0:3) izohlab o'tdi.
“Xatoga yo'l qo'ydim, bu mening aybim. Jamoadoshlarim va muxlislardan uzr so'rayman. O'yindan so'ng o'zimni juda yomon his etdim.
Bazida xatolar yomon oqibatlarga olib keladi. O'yinni boshqarib bordik, lekin xatoyim “Atalanta”ni oldinga o'tib ketishiga zamin yaratdi.
Keyingi o'yinlarni yaxshi o'tkazishimiz shart, chunki shundagina qiyinchiliklarni engib o'ta olamiz. Hozir bir kishini ayblash noto'g'ri. Bo'lajak o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak”, - deydi Reyna.

Fikrlar