So’nggi yangiliklar

12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  4 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  0 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   15 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  20 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  13 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  8 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  3 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  14

Xose Mariya Mendez: "Tojikistonga qarshi o'yinda natija meni qiziqtirmaydi" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Tojikistonga qarshi o'yinda natija meni qiziqtirmaydi"

Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi.

Kunduzgi mashg'ulotdan so'ng bosh murabbiy Xose Mariya Mendezning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ayni paytda biz yoshlar terma jamoasiga nomzod o'yinchilar bilan tanishishimiz, ularning imkoniyatlarini ko'rib chiqishimiz kerak. Bugungi kunda jamoaga etarlicha nomzodlarni borligining o'zi yutug'imiz. CHunki, 4-5 yil oldin hozirgidek 30-40 nafar yosh futzalchilar orasidan nomzodlarni tanlab olish imkoniyati yo'q edi. Bu erda 20 yoshdan kichik futzalchini topish juda qiyin edi.

O'zbekistonda futzal rivojlanib borayotgan sport, bu erda boshqa mamlakatlarga o'xshab futzal bilan 5 yoshdan shug'ullanishmaydi, balki 18-20 yoshdan mini futbol o'ynashadi ko'pincha. Yoshlar terma jamoasi bilan ishlashda biz boshqalardan ancha orqadamiz, lekin bu birinchi va O'zbekiston futzalini rivojlantirishdagi qadam.

Bu haftada asosan yosh futzalchilarni ayni paytda nimalarga qodirligini ko'rib chiqamiz, ushbu yig'inni shuning uchun tashkillashtirdik. Yig'in doirasida Tojikiston yoshlar terma jamoasiga qarshi o'yinlarda meni natija umuman qiziqtirmaydi. Muhimi, biz o'z ishimizni qilishimiz, o'ylagan rejalarimizni amalda ko'rishimiz va o'sishimiz kerak", - deydi janob Mendez.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика