Xose Mariya Mendez: "SHogirdlarimga biroz omad va sovuqqonlik etishmadi"
11 sen 2016 16:46
Yangiliklar
Xose Mariya Mendez: "SHogirdlarimga biroz omad va sovuqqonlik etishmadi"
Jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Panama (1:3) uchrashuvidan keyin Xose Mariya Mendez o'z fikrlarini bildirdi.
"Fikrimcha o'yin boshidanoq farq sezilib qoldi. Panama bizdan ko'ra tajribali va raqobatbardosh jamoa ekanini ko'rsatdi. Biz o'yin davomida yosh bolalarcha xatolarga yo'l qo'ydik.
Panama juda jiddiy o'ynadi. Jahon chempionati shunday musobaqaki undagi kichik xato ham qimmatga tushadi. Panama o'z imkoniyatini kutdi va vaziyatlardan unumli foydalandi.
SHogirdlarimga biroz omad va sovuqqonlik etishmadi. Panama terma jamoasini juda yaxshi o'rganib chiqqandik. Uning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik. Ammo bahs avvalidan barchasi teskari ketdi", - deydi Xose Mariya Mendez Panamaning RPC TV nashriga.
Fikrlar