Xose Mariya Mendez: "Saudiya Arabistoni haqida ma'lumotlar etarli"

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2016, 17:00
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez Tojikistonga qarshi kechgan ikkinchi o'rtoqlik o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

-  Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz.
-  Uchrashuv juda ham yaxshi o'tdi, bunday o'yinlarni ko'proq o'ynashimiz kerak chunki futzalchilarimizda o'ziga ishon bo'lishi uchun shunday bahslar kerak. Shogirdlarim bugun o'z o'yinini ko'rsatdi.

-  Mashg'ulotlar jarayonida nimalarga ko'proq e'tibor qaratyapsizlar?
-  Hozirgi mashg'ulotlarda asosan qolib ketgan narsalar ustida ishlayapmiz, misol uchun standart vaziyatlar, himoyadagi va hujumlardagi kamchiliklar ustida. Musobaqa boshlanishiga 10 kun qoldi, hozir aynan shular ustida ishlayapmiz.


-  Saudiya Arabistoni terma jamoasi haqida qanday ma'lumotga egasiz?
-  Saudiya Arabistonining Malayziyada o'tkazgan uchta o'yini yozilgan disklari bor, ularni o'rganib chiqyapmiz. Menimcha ularning futzalchilari ham, murabbiy ham o'zgarmagan, 4 oy oldin qay darajada o'ynagan bo'lsa hozir ham ularning o'yin uslubi o'zgarmagan bo'lishi kerak. Ayni damda ular o'rtoqlik o'yini o'tkazayotgan bo'lsa kerak.
 
-  Nima uchun musobaqa boshlanishiga oz qolganida Iordaniya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan?
-  Sababi Saudiya Arabistoning o'yin uslubi Iordaniya terma jamoasining o'yin uslubiga o'xshaydi. Shuning uchun mana shu o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan. Buni ancha oldin rejalashtirib qo'ygandik.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia