So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Xose Mariya Mendez O'zbekistonni tark etdi Yangiliklar

Xose Mariya Mendez O'zbekistonni tark etdi

Xabaringiz bor, 16-26 may kunlari Tailandda tarixda birinchi bor futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston U-20 terma jamoasi to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ana shu musobaqa terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez uchun so'nggisi bo'ldi. Bangkokda o'tgan musobaqadan keyin ispaniyalik mutaxassis O'FF bilan tuzgan shartnomasi muddati tugagani sabab o'z lavozimini tark etdi.

Janob Mendez 2015 yilning mart oyida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo'l ostida terma jamoamiz 2016 yil Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib borgan va Eronga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Bundan tashqari, aynan Xose Mariya Pazos Mendez futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasini ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqan. O'tgan yil kuz oyida Kolumbiyada bo'lib o'tgan mundialda O'zbekiston ishtirok etib qaytgandi.



Murabbiyning mamlakatimizdagi faoliyati ancha samarali bo'ldi. Quyida janob Mendez 2015 yilning mart oyida faoliyatini boshlaganidan keyin erishgan yutuqlarini keltirib o'tamiz.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan:

- 2016 yili Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati finalchisi (10-21 fevral, 2016 yil, Toshkent);
- 2016 yili Kolumbiyada o'tkazilgan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchisi (10 sentyabr - 1 oktyabr, 2016 yil, Kolumbiya).

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bilan:

- 2017 yil Tailandda bo'lib o'tgan U-20 Osiyo chempionatida 4-o'rin (16-26 may, 2017 yil, Tailand).

"Ardus" jamoasi bilan:

- O'zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016);
- O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi (2015-2016, 2016-2017);
- Associaciya kubogi sohibi (2015);
- O'zbekiston kubogi finalchisi (2017).

O'zbekiston futzal Associaciyasi rahbariyati va xodimlari mutaxassisga yurtimizdagi samarali faoliyati uchun chuqur minnatdorchilik bildirib qoladi.

Eslatib o'tamiz, Xose Mariya Mendez O'zbekiston terma jamoasini oldin ham boshqargan, uning avvalgi murabbiyligi davrida terma jamoamiz 2012 yilgi Osiyo chempionatida chorak finalga qadar etib borgan edi.


Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика